Falsafa asoslari
Argumentlashning strategiyasi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Argumentlashning taktikasi
Argumentlashning strategiyasi — argumentlashning maqsadi
bo'lib, ishontirish, g'alaba qozonish, kelishish, yechimni topish, o'ziga nisbatan ishonchni mustahkamlash va shu kabilarda na- moyon bo'ldi. Mantiq qonunlari, isbotlovchi muhokama yuri- tish argumentlashning strategik prinsiplari hisoblanadi. Konkret vaziyatga mos bo'lgan kommunikativ modelni tanlash ham ar- gumentlashning strategiyasiga kiradi. Argumentlashning strate- giyasi ishtirokchilarning maqsadi orqali aniqlanadi. Shunga ko'ra haqiqatga, ishonchni shakllantirishga, g'alabaga va kelishuvga qaratilgan strategiyalarni farqlash mumkin. Ba'zan bu strategi- yalar birlashib ketishi kuzatiladi. 252 Argumentlash strategiyasi ma'ruza, suhbat, dialog, bahs-mu- nozara, yozma argumentlash, o'zi uchun argumentlashda turli xil bo'ladi. Argumentlash strategiyasini belgilab olganda argumentlov- chi dalillar asosiy va qo'shimcha turlarga ajratiladi, asosiy dalillar yetarli bo'lmasa qo'shimchalaridan foydalanish yoki asosiy dalillar yetarli bo'lsa, qo'shimchalarini qo'llamaslik rejalashtiriladi. Argumentlashning taktikasi deb, argumentlarni eng unum- li qo'llash usuli; raqibning qarshi argumentlariga munosabat shakli; argumentlashning strategik maqsadlariga erishish uchun qo'llaniladigan usul va vositalar majmuyiga aytiladi. Argumentlashning taktikasi turli usullarni o'z ichiga oladi: — argumentlarni tanqid qilish (opponentnig yolg'on tezisini ishonchli faktlar bilan rad etish); — dushmanning qurolini o'ziga qarshi qo'llash prinsipi (op- ponentning fikrlarini o'ziga qarshi ishlatish); — isbotlash yukini raqibiga ag'darish (haqiqat sukut saqlash- dadir); — pala-partish so'zlash; — hamma narsani rad etib, o'zini aqlli ko'rsatish; — «bema'nilikka olib kelish» usuli (opponentning fikri bema'ni ekanligini istehzo va kinoya bilan isbotlash); — «shaxsga murojaat qilish» (tezisni almashtirish); — bumerang usuli (qarshi tomonning argumentini o'ziga qay- tarib qo'llash); — isbotlash usulini rad etish; — savollar hujumini uyushtirish va boshqalar. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling