Falsafa asoslari


Isbotlash va rad etish qoidalari, ular buzilganda


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Isbotlash va rad etish qoidalari, ular buzilganda 
kelib chiquvchi xatolar 
Tezisga aloqador qoidalar: 
1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo'lishi kerak. Bu qoida bu-
zilsa, isbotlash yoki rad etish o'zining aniq predmetiga ega bo'lmay 
qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish hisoblanadi. 
2. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida boshidan oxirigacha 
o'zgarmasligi kerak. Bu qoida buzilsa, «tezisni almashtirish» de-
gan xato kelib chiqadi. 
Argumentlarga nisbatan qoidalar: 
1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukm-
lar bo'lishi va bir-biriga zid bo'lmasligi lozim. 
2. Argumentlar tezisni asoslash uchun yetarli bo'lishi kerak. 
3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan 
hukmlar bo'lishi lozim. 
Isbotlash usulining qoidasi: 
1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xu-
losa bo'lishi lozim. Buning uchun isbotlash yoki rad etishda xu-
losa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur. 
Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xato-
larga olib keladi va ular uch turga bo'linadi: 
250 


I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar: 
1. Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomi-
da o'zgarmasligi shart, degan qoidaning buzilishi tezisning al-
rnashtirilishiga sabab bo'ladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa 
tezis bilan almashtiriladi va bunda yangi tezis isbotlanadi yoki 
rad etiladi. Tezis mazmunining torayishi yoki kengayishi ham 
bahs jarayonida tezisning o'zgarishiga olib keladi. Masalan, res-
publikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g'oyaning 
ahamiyati to'g'risidagi tezisni isbotlash davomida umuman jami-
yatga mafkura kerakmi yoki yo'qmi, degan masalani isbot etishga 
harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis 
almashinadi. 
2. Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. 
Bahs jarayonida mavzudan chetga chiqib, opponentning shax­
siy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari xususida 
fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb 
ta'kidlash tezisning almashinishiga sabab bo'ladi. Bunday xatoga 
ataylab yo'l qo'yiladi. Tinglovchilarning his-tuyg'ulariga ta'sir 
qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga 
urinish ham tezisni almashtirish hisoblanadi. 
3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning 
almashinishi. Fikr ortiqcha isbotlansa, berilgan tezis o'rniga 
undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A 
hodisadan В kelib chiqsa, lekin В hodisadan A kelib chiqmasa, 
unda A hodisani ifodalovchi tezis В hodisani ifodalovchi tezis-
dan kuchliroq bo'ladi. Masalan, «A shaxs birinchi bo'lib janjalni 
boshlamagan» degan tezis (B) o'rniga, «A shaxs umuman jan-
jal bo'lgan yerda yo'q edi» degan tezisni (A) isbotlashga harakat 
qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bo'lmaydi, chunki A shaxsning 
janjalda qatnashganligini ko'rgan guvohlar bor. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling