Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Isbotlash — bir mulohazaning chinligini u bilan bog'liq boshqa 
chin mulohazalar yordamida asoslashdan iborat bo'lgan mantiqiy 
amal. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argu-
mentlar (asoslar), isbotlash usuli — demonstratsiya. 
Tezis — chinligi asoslanishi lozim bo'lgan mulohaza, u is-
botlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e'tibor 
uning chinligini ko'rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning 
o'zidan, yoki mulohazalar tizimi, yoki teoremalar, yoki aniq 
faktlarni umumlashtirish natijalari, yoki hodisalarning sababini 
ko'rsatuvchi mulohazalardan iborat bo'ladi. 
Argumentlar (lot. argumentum — isbot asosi) — dalillanishi 
(isbotlanishi) talab qilingan tezis (mulohaza, nazariya)ni asos-
lash uchun keltiriladigan bir yoki undan ortiq mulohazalardir. 
Isbotlash usuli — demonstratsiya tezis bilan argumentlar 
o'rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shak-
lida bo'ladi, ya'ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan 
keltirib chiqariladi. 
Argumentlash (isbotlash)ning ikki turi mavjud: bevosita isbot-
lash, bavosita isbotlash. 
Bevosita argumentlash (isbotlash)da tezisning chinligi to'g'ridan 
to'g'ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo'lgan mu-
lohazalardan foydalanilmaydi. Tezis ko'p hollarda yakka hodisani 
247 


ifoda qilib keladi va malum bir umumiy bilimdan, masalan, qo-
nundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. 
Masalan, «O'zbekiston — mustaqil davlatdir», degan mulohaza 
(tezis)ning chinligi «O'zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon 
qilinishi, uning xalqaro miqyosda e'tirof etilishi» kabi asoslar 
yordamida isbotlanadi. 
Bavosita argumentlash (isbotlash)da esa tezisning chinligi unga 
zid bo'lgan mulohazaning (antitezisning) xatoligini ko'rsatish 
orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo'lishiga 
qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apa-

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling