Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sillogizm aksiomasi
Sillogizmning tarkibi xulosa asoslari (praemissae) va xulosa
(conslusio)dan tashkil topgan. Xulosa asoslari va xulosadagi tu- shunchalar terminlar deb ataladi. Xulosaning mantiqiy egasi — S — kichik termin (terminus minor), mantiqiy kesimi — R — kat- ta termin (terminus major) deb ataladi. Xulosa asoslari uchun umumiy bo'lgan, lekin xulosada uchramaydigan tushuncha — M — (terminus medius) o'rta termin deb ataladi. Asoslarda katta terminni o'z ichiga olgan mulohaza katta asos, kichik terminni o'z ichiga olgan mulohaza kichik asos deb ataladi. Demak, asos- larning katta yoki kichik asos deb ajratilishi ularning qanday ket- ma-ketlikda kelishiga bog'liq emas. S — kichik termin; M — o'rta termin; R — katta termin. O'rta termin katta va kichik terminni bog'lovchi mantiqiy ele- ment hisoblanadi. Sillogizm aksiomasi Aksiomalar isbot talab qilmaydigan, isbotsiz chin deb qabul qilingan nazariy mulohazalar bo'lib, ular vositasida boshqa fikr va mulohazalar asoslab beriladi. Sillogizmning aksiomasi xulo- salashning mantiqiy asoslanganligini ifodalaydi. Sillogizm xulosasining asoslardan zaruriy keltirib chiqarilishi quyidagi qoidaga asoslanadi: «Agar bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo'lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumning ichida bo'lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumning 236 ichida joylashgan bo'ladi» yoki «Bir buyum ikkinchi buyumda joylashgan bo'lsa, ikkinchi buyum esa uchinchi bir buyumdan tashqarida bo'lsa, unda birinchi buyum ham uchinchi buyumdan tashqarida joylashgan bo'ladi». Bu qoidani quyidagi shakllar yor- damida ifodalash mumkin. Bu qoida sillogizm aksiomasi mohiyatini terminlarning hajmi munosabatlari asosida tushuntirib beradi. Demak, sillogizm ak- siomasining mohiyati quyidagicha: buyum va hodisalarning sinfi to'g'risida bildirilgan tasdiq yoki inkor fikr shu sinf tarkibidagi barcha buyum va hodisalarning har biri yoki ayrimlari ham taal- luqli fikr hisoblanadi. Masalan: Hamma odamlar tirik mavjudotdir. Hamma talabalar odamlardir. Hamma talabalar tirik mavjudotdir. Sillogizm aksiomasini atributiv ifodalaganda predmet bilan uning belgisi o'rtasidagi munosabatga asoslaniladi: biror buyum, hodisa belgisining belgisi, shu buyum, hodisaning belgisidir; buyum, hodisa belgisiga zid bo'lgan narsalar buyum, hodisaning o'ziga ham ziddir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling