Falsafa asoslari
I Mulohazalarning inkor qilinishi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi. Mantiqiy er
- Xulosa chiqarish
I
Mulohazalarning inkor qilinishi. Mulohazalarni inkor qilish muhim mantiqiy amallardan bo'lib, u orqali yangi mulohazalar (inkor mulohazadan tasdiq mulohaza va tasdiq mulohazadan in- kor mulohaza) hosil qilinadi. Ikki mulohaza bir-biriga zid bo'lib, ulardan biri albatta chin, boshqasi yolg'on bo'lsa, bu mulohazalar bir-birini inkor qiluvchi mulohazalar bo'ladi. Inkor qilinayotgan mulohaza chin bo'lsa, in- kor qilayotgan mulohaza yolg'on bo'ladi. Inkor qilinayotgan mu- lohaza (p) yolg'on bo'lsa, inkor qilayotgan mulohaza (p) yolg'on bo'lsa, inkor qilayotgan mulohaza (] p) chin bo'ladi 1 (| — inkor belgisi). Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi. Mantiqiy er- gashish tushunchasi. Yoqelikni bilish jarayonida inson yangi bi- limlarga ega bo'ladi. Bu bilimlar abstrakt tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bi- limlarni hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. Xulosa chiqarish — bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma'lum qoidalar yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqaruv- chi tafakkur shaklidir. Xulosa chiqarish asoslar, xulosa va asos- lardan xulosaga o'tish jarayonidan tashkil topadi. To'g'ri xulosa chiqarish uchun, avvalambor, asoslar chin mulohazalardan iborat bo'lishi, o'zaro mantiqan bog'lanishi kerak. Masalan, «Ibn Sino «Donishnoma» asarini yozgan» va «Pifagor matematik bo'lgan» degan ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo'lmaydi. Chunki bu mulohazalar o'rtasida mantiqiy.aloqadorlik yo'q. Xulosa asoslari va xulosa ham o'zaro mantiqan bog'langan bo'lishi shart. Bunday aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqa- rish qoidalarida qayd qilingan bo'ladi. Bu qoidalar buzilsa, to'g'ri xulosa kelib chiqmaydi. Masalan, «Do'stlarim sport bilan shug'ullanadilar» degan mulohazadan «Do'stlarim sport masteri» deb, xulosa chiqarib bo'lmaydi. 1 Look: Restall G. Logic. An introduction. Published in the Taylor & Francis e-Library, 2006. p. 18. 231 Demak, xulosa chiqarishning tuzilishi uch elementdan iborat: xulosa asoslari, xulosa va mantiqiy ergashish (xulosa asoslarining o'zaro mantiqiy aloqadorligi va xulosa asoslari bilan xulosaning mantiqiy aloqadorligi). Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko'ra zaruriy va ehtimoliy; xulosa asoslarining soniga ko'ra bir asosli (bevo- sita) va ko'p asosli (bavosita); fikrning harakat yo'nalishiga ko'ra deduktiv, induktiv, analogiya kabi turlarga bo'linadi. Mazkur tasnifda xulosa chiqarishni fikrning harakat yo'nalishi bo'yicha turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo'lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida ham ma'lumot berish imko- nini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to'liq induksiyani hisobga olmaganda) va analogiya ehtimoliy xulosa chiqarish deb olib qa- ralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa chiqarish- ning bir turi sifatida o'rganilishi mumkin. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling