2. Zidlik (kontradiktor) munosabati mazmuni va hajmiga ko'ra
turlicha bo'lgan mulohazalar (1-misolda: A
2
va O
l5
Ej va I
T
; 2-mi-
solda: A
2
va 0
2
, E
2
va I
2
.) o'rtasida mavjud bo'ladi. Ya'ni bir
narsa yoki voqea haqida bir vaqtda aytilgan ikkita zid fikrning
ikkalovi ham chin bo'lmaydi, ularning biri chin, ikkinchisi xato
yoki ikkalasi ham xato bo'lishi mumkin.
3. Bo'ysunish munosabati sig'ishadigan mulohazalardan maz-
muni bir xil, hajmi turli xil bo'lgan mulohazalar o'rtasida bo'ladi.
Bunda umumiy mulohazalar bo'ysundiruvchi, juziy mulohazalar
bo'ysunuvchi bo'ladi. Bo'ysunish munosabatida umumiy mulo-
hazalar chin bo'lsa, ularga bo'ysunuvchi juziy mulohazalar ham
chin bo'ladi. Lekin juziy mulohazalar chin bo'lganda, umumiy
mulohazalar noaniq (chin yoki xato) bo'ladi. Agar umumiy mu-
lohazalar xato bo'lsa, ularga bo'ysunuvchi juziy mulohazalar no-
aniq (chin yoki xato) bo'ladi.
Yuqoridagi 1-misolda Aj— xato, I
x
— chin; E
2
— xato, 0
2
—
chin bo'ladi. Ma'lum bo'ladiki, umumiy mulohazalar xato bo'lsa,
juziy mulohazalar chin bo'lishi mumkin.
2-misolimizda A
2
mulohaza chin bo'lgani uchun unga
bo'ysinuvchi I
2
mulohaza — chin; E
2
mulohaza xato bo'lgani
uchun unga bo'ysunuvchi 0
2
mulohaza ham xato bo'ldi.
4. Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil
bo'lgan juziy mulohazalar o'rtasida mavjud bo'ladi. Bu mu-
lohazalar bir vaqtda chin bo'lishi mumkin, lekin har ikkisi
bir vaqtda xato bo'lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq
bo'lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo'ladi. Yuqoridagi 1-mi-
solimizda l
x
va O
t
mulohazalar bir vaqtda chin bo'lsa, 2-miso-
limizda 0
2
mulohazaning xatoligi aniq bo'lgani uchun I
2
mu-
lohaza chindir.
Do'stlaringiz bilan baham: |