Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tushunchani bo'lish. deb, tushunchaning hajmini unda aks et-
gan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish 
yo'li bilan aniqlashga aytiladi. 
Bo'lishning struk-
turasi 
1. Bo'linuvchi tushuncha — hajmi aniqlanishi 
lozim bo'lgan tushuncha. 
2. Bo'lish asosi — predmetning tushunchada fikr 
qilinadigan birorta umumiy belgisi. 
3. Boiish a'zolari — bo'lish natijasida hosil qili-
nadigan tur tushunchalar. 
Bo'lishning turlari 
1. Asos bo'lgan belgining 
o'zgarishiga qarab bo'lish 
2. Dixotoraik bo'lish 
Masalan: Burchaklar — to'g'ri, 
o'tkir va o'tmas burchaklarga 
bo'linadi. 
Masalan: Burchaklar o'tkir 
yoki o'tkir bo'lmagan turlarga 
bo'linadi. 
Tushunchalarni bo'lish qoidalari. 
1. Bo'lish teng hajmli bo'lishi, ya'ni bo'lish a'zolari hajmining yig'indisi 
bo'linuvchi tushuncha hajmiga teng bo'lishi shart. 
2. Bo'lish bir asos bo'yicha amalga oshirilishi shart, ya'ni asos qilib 
olingan belgi bo'lish davomida o'zgartirilmasligi zarur. 
3. Bo'lish a'zolari hajmi bo'yicha bir-birini istisno qilishi shart. Ular 
o'zaro birga bo'ysunish munosabatida bo'lishi zarur. 
4. Bo'lish uzluksiz amalga oshirilishi, ya'ni jins tushunchaga eng ya-
qin bo'lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinishi shart. 
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni 
bo'lishning o'ziga xos turi bo'lib, unda bo'lish izchillik bilan 
amalga oshiriladi va bo'lish a'zolarining har biri yana boshqa 
boiinmalarga ajratiladi. Bunda bo'lish a'zolarining har biri 
boshqalariga nisbatan o'zining aniq va qat'iy o'rniga ega bo'ladi. 
Tasniflash natijalari har xil jadvallar, kataloglar va shu kabilarda 
o'z aksini topadi. 
Tasniflash predmetlarning muhim behjisiga ko'ra amalga 
oshirilsa, tabiiy tasniflash deyiladi. Tabiiy tasniflash predmet-
larning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy 
219 


bog'lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Mendeleyev tuzgan 
kimyoviy elementlarning davriy jadvali tabiiy tasniflashning klas-
sik namunasidir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling