Falsafa asoslari


 Tushunchalar o'rtasida munosabatlar


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

2. Tushunchalar o'rtasida munosabatlar 
Avval ko'rib o'tganimizdek, tushunchalar hajmiga ko'ra bir-
biridan farq qiladi. Ba'zilarining hajmi keng, boshqalariniki tor, 
ba'zilarining hajmi boshqalarining hajmiga kiradi va h.k. Shu-
ningdek, mazmuniga ko'ra bir-biriga yaqin bo'lgan («talaba» va 
«hunarmand») yoki juda uzoq bo'lgan («qalam» va «tog'») tu-
shunchalar ham bor. Mazmuni biror umumiylikka ega bo'lgan 
tushunchalarni o'zaro taqqoslash mumkin, mazmuni bir-birdan 
1
Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida. /O'zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlari to'plami, 2016-y., 34-son, 426-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda. 
214 


uzoq bo'lgan tushunchalarni esa taqqoslab bo'lmaydi. Aytish 
mumkinki, ba'zi tushunchalar mazmuni va hajmiga ko'ra yaqin 
bo'lsa, boshqalari uzoq bo'ladi. 
Umumiy belgilarga ega bo'lgan, mazmuni va hajmi jihati-
dan bir-biriga yaqin turgan tushunchalarga taqqoslanadigan tu­
shunchalar deyiladi. Masalan, «kvadrat» va «romb», «muhandis» 
va «olim» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushuncha­
lar hisoblanadi. 
Bir-biri bilan uzoq aloqada bo'lgan, ko'p hollarda moddiy 
yoki ideal bo'lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo'lmagan 
predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalar taqqoslanmaydigan 
tushunchalardir. «Planeta» va «daraxt», «baxt» va «non» tu­
shunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar hisoblanadi. 
Taqqoslanmaydigan tushunchalarni taqqoslash albatta fikrning 
xato bo'lishiga, noto'g'ri xulosalarga olib keladi. Noto'g'ri, xato 
fikr xatti-harakatlarning ham noto'g'ri bo'lishiga sabab bo'ladi. 
Masalan, «baxt» va «qimmatbaho taqinchoq» tushunchalari-
ni taqqoslab bo'lmaydi. Shuning uchun insonning baxtli yoki 
baxtsiz bo'lishi uning qimmatbaho taqinchoqqa ega ekanligiga 
bog'liq emas. 
Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar o'rtasidagi 
mantiqiy munosabatlar o'rganiladi. Taqqoslanadigan tushuncha­
lar hajm jihatidan sig'ishadigan va sig'ishmaydigan bo'ladi. Hajmi 
umumiy elementlarga ega bo'lgan tushunchalar sig'ishadigan tu­
shunchalar bo'lib, ularning hajmi bir-biriga butunlay, to'laligicha 
yoki qisman mos keladi. Ular o'rtasida uch xil munosabat mav-
jud: moslik, qisman moslik va bo'ysunish. . 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling