Falsafa asoslari
Tushuncha so'z bilan uzviy bogiiq
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- ilmning har bir
- Umuralashtirish
Tushuncha so'z bilan uzviy bogiiq. Ular o'rtasidagi aloqadorlik
tafakkur va til o'rtasidagi bog'lanishning konkret tarzda namo- yon bo'lishidir. Tushunchalar so'z (talaba, universitet, qog'oz) va so'z birikmalari (O'zbekiston Milliy universitetining talabasi, O'zbekiston Milliy universiteti, rangli qog'oz) yordamida ifodala- nadi. Lekin bundan tushuncha va so'z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Ba'zi so'zlar (ammo, Chunki, uchun va h.k.) hech bir tushunchani ifodalamasligi ham buning sabablaridan biridir. Bitta tushuncha har xil tillarda, ba'zan bir tilda ham turli xil so'zlar bilan ifodalanadi. Tildagi omonim va sinonim so'zlarning mavjudligi esa so'z va tushunchaning aynan 210 emasligidan dalolat beradi. Ayrim so'zlarning ko'p ma'noliligi ba'zan tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shu sababdan kundalik hayotda qo'llanadigan til bilan ilmiy til bir- biridan farq qiladi. Ilmiy til tabiiy til, sun'iy til va maxsus termin (atama)lardan tashkil topadi. Terrain (atama) ilmning har bir sohasida predmetlarni belgilash uchun faqat bir ma'noda qo'llaniladigan so'z yoki so'z birikmasidir. Ilmiy tilda termin va tushuncha bir ma'noda qo'llanadi. Tushuncha va so'z shakllanishiga ko'ra ham bir-biridan farq- lanadi. So'zning shakllanishida so'z yasovchi qo'shimchalar ishtirok etadi. Shuningdek, o'zlashtirma (boshqa tillardan kirib kelgan) so'zlar ham milliy tillarda yangi so'zlarning shakllani- shiga sabab bo'ladi. Tushuncha esa quyidagi mantiqiy usullardan foydalangan holda hosil qilinadi: Taqqoslash usulida predmetlarning sifat va xususiyatlari o'zaro so- lishtirilib, tushuncha hosil qilinadi. Analiz — tahlil yordamida predmet uni tashkil qiluvchi qismlar, to- monlarga fikrda ajratilib, har qaysinisi haqida alohida tushuncha ho- sil qilinadi. Sintez usulida tahlil davomida ajratilgan qismlar, tomonlar fikran bir- lashtirilib, predmet haqida tushuncha hosil qilinadi. Abstraksiyalash, ya'ni mavhumlashtirish usuli yordamida predmet- ning sifat, xususiyatlari fikran ajratib olinib, tushunchada ifodala- nadi. Umuralashtirish usulida predmetlar umumiy, muhim xususiyatlariga ko'ra sinflarga birlashtirilib, tushuncha hosil qilinadi. _ ^ ^ Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling