Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Yetarli asos qonuni. To'g'ri fikrlashga xos bo'lgan muhim xu-
susiyatlardan biri asoslilik, ishonchlilikdir. Fikrlash jarayonida buyum va hodisalar haqida chin muhokama yuritibgina qolmas- dan, bu muhokamaning chinligiga hech qanday shubha bo'lmasligi uchun uni asoslash, isbotlashga harakat qilinadi. Bunda chinligi avvaldan ma'lum bo'lgan va o'zaro mantiqiy bog'langan mulo- hazalarga asoslaniladi, ya'ni bayon qilingan fikrning chinligi avvaldan ma'lum bo'lgan, chinligi tasdiqlangan boshqa bir fikr, mulohaza bilan taqqoslanadi. Tafakkurning bu xususiyati yetarli asos qonuni orqali ifodalanadi. Inson tafakkuriga xos bo'lgan bu qonunni birinchi marta ne- mis faylasufi va matematigi G. Leybnits ta'riflab bergan. Uning ta'kidlashicha, barcha mavjud narsalar o'zining mavjudligi uchun 208 yetarli asosga ega. Har bir buyum va hodisaning real asosi bo'lgani kabi, ularning in'ikosi bo'lgan fikr-mulohazalar ham asoslangan bo'lishi kerak. Yetarli asos qonunida to'g'ri tafakkurning eng muhim xususi- yatlaridan biri bo'lgan fikrlarning izchillik bilan muayyan tar- tibda bog'lanib kelish xususiyati ifodalanadi. Bu qonun avvalgi ko'rib o'tilgan qonunlar bilan o'zaro bog'liq holda amal qiladi. Fikrlash jarayonida berilgan mulohazaning chinligini asoslash uchun keltirilgan chin mulohazalar mantiqiy asos, berilgan mulo- hazaning o'zi esa mantiqiy natija deb yuritiladi. Shunday qilib, to'g'ri tafakkurning yuqorida ko'rib o'tilgan qonunlarining har biri chin bilimga erishish uchun xizmat qila- di. Bu qonunlar tafakkur jarayonida alohida-alohida yoki birin- ketin emas, balki bir vaqtda, birgalikda fikrlar bog'lanishining xarakteriga qarab amal qiladi. Bu qonunlarning talablari bir- birini to'ldirgan holda mantiqiy tafakkurning chin bo'lishini ta'minlaydi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling