ma'lum bo'ladiki, nom til ifodasi bo'lsa, tushuncha tafakkur
shaklidir.
Tushuncha buyum va hodisalarning umumiy, muhim va farq
qiluvchi belgilarini bir butun, yaxlit holda aks ettiruvchi tafak-
kur shaklidir. Buyum va hodisalarning belgilari muloqot va fikr
yuritish jarayonida biror predmetning vakili sifatida xizmat qi-
ladigan belgilardan farq qiladi. Buyum va hodisalarning belgilari
predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biri-
ga o'xshashligini ifoda qiluvchi xususiyatlar va munosabatlarni
ifodalovchi belgilardir. Masalan, savdo-sotiq bilan shug'ullanish
faqat insonga xos belgidir. Boshqa tirik mavjudotlar bunday faoli-
yat bilan shug'ullanmaydilar.
Buyum va hodisalarning belgilari umumiy, muhim, farq
qiluvchi turlarga bo'linadi. Bir sinfga mansub bo'lgan hamma
predmetlarga xos bo'lgan belgilar — umumiy belgilardir. Inson-
lar sinfi uchun qaddini tik tutib yurish, kulish va boshqa shun-
day belgilarga misol bo'ladi. Biror belgining o'zgarishi yoki yo'q
bo'lishi tushunchaning ham o'zgarishi yoki yo'q bo'lishiga olib
keladigan belgi muhim hisoblanadi. Inson uchun aqllilik (tafak-
kur qilish) muhim belgidir. Farq qiluvchi belgi predmetni o'ziga
o'xshash boshqa predmetlar orasidan tanib olishga imkon beruv-
chi belgidir. Masalan, har bir inson o'ziga xos individual belgi-
lari bilan boshqalardan ajralib turadi. Demak, tushuncha ma'lum
belgilariga ko'ra bir to'plamga birlashgan predmetlarning birligini
ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: