Falsafa asoslari
Uchinchisi — istisno qonuni
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Uchinchisi — istisno qonuni nozidlik qonunining mantiqiy
davomi bo'lib, fikrning to'liq mazmunini qamrab olib, bayon qi- lingan ikki zid fikrdan biri chin, boshqasi yolg'on, uchinchisiga o'rin yo'q ekanligini ifodalaydi. Bu qonun fikrlar o'rtasidagi zid munosabatlarni ifodalaydi. Agarda zid munosabatlar fikrning to'liq mazmunini qamrab olmasa, ikki zid belgidan boshqa belgilarning ham mavjudligi ma'lum bo'lsa, unda «Uchinchisi — istisno» qonuni amal qil- maydi. Istisno qonuni quyidagi holatlarda qo'llanadi: 1. Alohida olingan yakka buyumga nisbatan bir xil vaqt va munosabat doirasida o'zaro zid fikr bildirilganda. Masalan: Toshkent — O'zbekistonning poytaxti. Toshkent — O'zbekistonning poytaxti emas. 2. Son va sifatiga ko'ra o'zaro zid mulohazalar bayon qilingan- da, buyum va hodisalarning sinfi haqida tasdiqlab bayon qilingan mulohaza bilan, shu sinf buyum va hodisalar ning bir qismi haqi- da inkor etib bayon qilingan mulohazalardan biri chin, ikkinchisi yolg'on, uchinchisiga o'rin bo'lmaydi. 207 Masalan: Hamma san'atkorlar qo'shiqchidir. Ba'zi san'atkorlar qo'shiqchi emas. Bu ikki mulohaza bir vaqtda chin ham, yolg'on ham bo'la olmaydi. Ulardan biri (Ba'zi san'atkorlar qo'shiqchi emas) albatta chin, ikkinchisi yolg'on, uchinchi mulohazaga o'rin yo'q. Demak, Uchinchisi — istisno qonuni: 1. Ikki zid yakka mulohazalarga nisbatan. 2. Umumiy tasdiq va juziy inkor etuvchi mulohazalarga nis- batan. 3. Umumiy inkor va juziy tasdiq mazmunidagi mulohazalarga nisbatan qo'llanadi. «Uchinchisi — istisno» qonunida ham, nozidlik qonunidagi kabi vaqt, munosabat, obyekt aynanligiga rioya etish shart, aks holda bu qonun o'z kuchini yo'qotadi, fikrning izchiUigiga zarar yetadi va mantiqsizlikka yo'l qo'yiladi. «Uchinchisi — istisno» qonuni, boshqa mantiqiy qonunlar sin- gari, ziddiyatli mulohazalarning chin yoki yolg'onligini aniqlab berolmaydi. Buning uchun voqea va hodisalarning rivojlanish qo- nuniyatlarini bilish talab qilinadi. Inson o'z bilimlariga asoslan- gan holda o'zaro zid mulohazalardan qaysi biri chin yoki yolg'on ekanligini aniqlaydi. Bu qonun o'zaro zid mulohazalar bir vaqtda chin bo'lmasligini tasdiqlaydi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling