Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Nozidlik qonuni. Inson tafakkuri aniq, ravshan bo'lishi bilan
birga, ziddiyatsiz bo'lishi ham zarur. Ziddiyatsizlik inson tafak- 205 kuriga xos bo'lgan eng muhim xislatlardan bmdir. Ma lumki, obyektiv voqelikdagi buyum va hodisalar bir vaqtda, bir xil sha- roitda biror xususiyatga ham ega bo'lishi, ham ega bo'lmasligi mumkin emas. Masalan, bir vaqtning o'zida, bir xil sharoitda inson ham axloqli, ham axloqsiz bo'lishi mumkin emas. U yo axloqli, yo axloqsiz bo'ladi. Bir vaqtning o'zida bir predmetga ikki zid xususiyatning taal- luqli bo'lmasligi tafakkurda nozidlik qonuni sifatida shakllanib qolgan. Bu qonun fikrlash jarayonida ziddiyatga yo'l qo'ymaslikni talab qiladi va tafakkurning ziddiyatsiz hamda izchil bo'lishini ta'minlaydi. Nozidlik qonuni ayni bir predmet yoki hodisa haqida aytilgan ikki o'zaro bir-birini istisno qiluvchi (qarama-qarshi yoki zid) fikr bir vaqtda va bir xil nisbatda birdaniga chin bo'lishi mum kin emasligi, hech bo'lmaganda ulardan biri, albatta, yolg'on bo'lishini ifodalaydi. Bu qonun «A ham В ham В emas bo'la olmaydi» formulasi orqali beriladi. Nozidlik qonuni qarama-qarshi va zid mulohazalarga nis- batan qo'Uanadi. Bunda qarama-qarshi mulohazalarning har ikkalasi ham bir vaqtda yolg'on bo'lishi mumkin; o'zaro zid mulohazalar esa, bir vaqtda yolg'on bo'lmaydi, ulardan biri yolg'on bo'lsa, ikkinchisi albatta chin bo'ladi. Qarama-qarshi mulohazalarda esa, bunday bo'lmaydi, ya'ni ulardan birining yolg'onligidan ikkinchisining chinligi kelib chiqmaydi. Masalan: «Aristotel — mantiq fanining asoschisi» va «Aristotel — mantiq fanining asoschisi emas» — bu o'zaro zid mulohazalardir. Bu zid mulohazalarning har ikkalasi bir vaqtda yolg'on bo'lmaydi. Ulardan birinchisi chin bo'lganligi uchun, ikkinchisi yolg'on bo'ladi. O'zaro qarama-qarshi bo'lgan «Bu qog'oz oq rangda» va «Bu qog'oz qora rangda» mulohazalarining esa ikkalasi bir vaqtda, bir xil nisbatda yolg'on bo'lishi mumkin. Chunki qog'oz oq ham, qora ham bo'lmasligi, balki sariq, qizil yoki boshqa rangda bo'lishi mumkin. Ba'zida ikki qarama-qarshi fikr aytilganda mantiqiy ziddiyat bo'lmasligi mumkin. Bunda bir masala yuzasidan bayon qilin- gan qarama-qarshi fikrlar turli vaqtda va turli nisbatda aytilgan 206 bo'ladi. Masalan: «Akmal musobaqada qatnashmadi» va «Akmal musobaqada qatnashdi». Bu mulohazalar turli vaqtga nisbatan (bir oy avval yoki keyin), turli munosabatda (suzish yoki shaxmat bo'yicha) bayon qilingani tufayli bir-birini inkor etmaydi. De- mak, fikrlash jarayonida vaqt, munosabat va obyekt birligining saqlanishi Nozidlik qonunining amal qilishi uchun zaruriy shart- sharoit hisoblanadi. Mantiq ilmi umuman har qanday zid mulohazalarni taqiq- lamaydi, balki bir masala yuzasidan bir xil vaqt va munosabat doirasida o'zaro zid, qarama-qarshi mulohazalarni bayon qilish mumkin emasligini ta'kidlaydi. Formal mantiq mantiqiy ziddiyatlar bilan real hayot ziddiyat- larini chalkashtirib yuborishni qoralaydi. Chunki bulardan bi- rinchisi tafakkurda yo'l qo'yib bo'lmaydigan ziddiyat bo'lsa, ik- kinchisi buyum, hodisalar taraqqiyotining ichki manbaini tashkil qiladigan dialektik ziddiyatdir. Birinchisi subyektiv, ikkinchisi obyektiv ziddiyatdir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling