Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- IKKINCHI BOLIM. MANTIQ FALSAFASI (LOGIKA) 10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida
Tayanch iboralar: umumbashariy, mintaqaviy va mahalliy
muammolar tushunchalari; energetika masalalari, oziq-ovqat muammosi, demografiya; ekologiya; ekologik tanazzul; ekosiste- ma; demografik siyosat. Takrorlash uchun savollar 1. Umumbashariy muammolarning vujudga kelish sabablari nimada? 2. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning sotsial oqibatlari nima- larda namoyon bo'lmoqda? 3. Energetika va oziq-ovqat muammosi. 4. Urush va tinchlik muammosi. Jahonda barqarorlikni ta'minlash masalalari. 5. Umumbashariy muammolarda demografik omilning o'rni qanday? 201 IKKINCHI BO'LIM. MANTIQ FALSAFASI (LOGIKA) 10-mavzu. Mantiq ilmining predmeti, asosiy qonunlari. Tushuncha tafakkur shakli sifatida Mantiq ilmi o'rganadigan masalalar va uning asosiy qonunlari. Mantiq ilmi jamiyat tarixida ikki ming yildan ko'proq davr mo- baynida o'rganib kelinadi. Uni o'rganish insonga olamni bilish, bi- limlarini ko'paytirish, atrofidagi odamlar bilan muloqotini to'g'ri tashkil qilish uchun xizmat qiladi. Fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan inson to'g'ri tafakkur shakllari va ular bilan bog'liq qonun-qoidalar- ni bilib olar ekan, o'z fikrini mantiqan to'g'ri qurishga, asoslangan bo'lishiga, nafaqat o'zining balki boshqalarning ham flkrlaridagi noaniqliklarni aniqlashga va tuzatishga o'rganadi. Bu ish uzoq ta- rixga ega bo'lgan mantiq ilmini chuqur bilishni taqozo etadi. Mantiq ilmining alohida fan sifatida shakllanishi Qadimgi Yunon faylasufi Aristotel (er. av. 384—322-yy.) nomi bilan bog'liq. U birinchi bo'lib, ushbu ilm o'rganadigan masalalar doirasini aniqlab berdi. Aristotelning «Kategoriyalar», «Talqin haqida», «Bi rinchi analitika», «Ikkinchi analitika», «Sofistik raddiyalar haqi da» nomli asarlari bevosita mantiq masalalariga bag'ishlangan. Uning «Ritorika», «Poetika» asarlari ham mantiqiy ta'limotining muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi. «Metafizika», «Ruh haqida» asarlarida esa mantiq masalalari nla'lum darajada bayon qilingan. Aristotel o'z ta'limotini «logika» emas, «analitika» deb atagan. Logika termini er.av. Ill asrdan boshlab, fanni ifodalovchi termin sifatida qo'llanila boshlagan. «Mantiq» so'zi yunon tilidagi «logika» so'zining arabcha tar- jimasidir. «Logikos» — so'z, aql, aql yuritish, qonun ma'nolarini beruvchi keng qamrovli termindir. «Mantiq» istilohining qamrovi ham «logos»niki kabi bo'lib, uning o'zagi «so'zlashuv» ma'nosini beradigan «nutq» so'zidir 1 . Biz «mantiq» istilohini fanni ifodalash uchun qo'llaymiz. Mantiq shakllari orasida quyidagilar muhim o'rinni egallaydi: 1 Muhammad Fazlul-imom Xayriobodiy. Mirqotul mantiq. - Т.: Toshkent islom universiteti, 2011. 3-bet. 202 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling