Falsafa asoslari


Energiya va yoqilg'i resurslaridan foydalanish muammosi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Energiya va yoqilg'i resurslaridan foydalanish muammosi. 
Davrimizning yana bir muhim belgilaridan biri jahon iqtisodi-
yotining sur'atini belgilaydigan energiyani iste'mol qilish ko'la-
mi muttasil kengayib borayotganligidir. Agar jahon iqtisodiyoti 
hozirgi sur'atda davom etadigan bo'lsa, u vaqtda sanoat va xalq 
xo'jaligining energiyaga bo'lgan ehtiyoji uchun yaqin yillar ichida 
yiliga 20 mlrd. tonna yoqilg'i talab qilinadi. Bu ko'rsatkich 2025-
yilda 35—40 mlrd., XXI asr oxiriga borib 80—85 mlrd. tonnani 
tashkil etishi taxmin etilmoqda. 
Vujudga kelayotgan bu holatdan chiqib ketishning yo'li esa bit-
ta, u ham bo'lsa, yoqilg'ining organik moddalar (neft, ko'mir, gaz 
va h.k.)dan olinadigan energiya salmog'ini kamaytirib, noorga-
nik yoqilg'i manbalar (GESlar, AES, shamol elektrostansiyalari, 
Quyosh energiyasi, vodorod, geliy va h.k.)dan olinadigan ener-
giya miqdorini muttasil oshirib borish. Quyosh energiyasi, GES 
va shamol elektrostansiyalari 2025-yilda bu ehtiyojning 60%ini 
qondirishi mumkin. 
Yaqin kelajakda rivojlanayotgan mamlakatlarda elektr ener-
giyasi ishlab chiqarishni tez sur'atlar bilan ko'paytirib borish 
ko'zda tutilmoqda. Butun jahonda ishlab chiqarilgan elektr 
energiyasining qariyb 34% ana shu mamlakatlar hissasiga to'g'ri 
keladi. Elektr energiyasining shu qadar tez sur'atlar bilan ish-
lab chiqarilayotganligi yon atrofdagi tabiiy va ijtimoiy muhitga 
ta'sir etmasdan iloji yo'q. Masalan, gigant GESlarning qurilishi. 
194 


O'z navbatida ana shu regionning iqlim sharoitiga, yon atrofdagi 
shahar va qishloqlarda xalq xo'jaligining ko'pgina tarmoqlariga 
salbiy ta'sir o'tkazishi (masalan, ekin maydonlarining qisqari-
shi, mavjud maydonlarning sho'rlanishi va ishdan chiqishiga olib 
kelishi) mumkin. Atom elektrostansiyalarining chiqindilarini 
bartaraf etishning ekologik xavfsizlik masalalari hozirgi davrning 
yechilishi murakkab muammolariga aylandi. Ayniqsa, 1986-yil 
26-aprel kuni Chernobil AES IV blokining ishdan chiqishi nati-
jasida juda katta miqdordagi radiatsiyaning havoga tarqalishi 
mazkur regionning yashashga mutlaqo yaroqsiz bo'lib qolishiga 
sababchi bo'ldi. 
Insoniyat oldida jahon iqtisodini o'stirish uchun energiyaga 
bo'lgan ehtiyojni qondirishdan o'zga chora yo'q. Biroq bugungi 
kunda elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonida mavjud tabi-
iy muhitga ta'sir darajasini kamaytirgan holda energiyani ko'proq 
ishlab chiqarish masalasi ko'ndalang bo'lib -turibdi. Shuning 
uchun ham bu muammoni ijtimoiy taraqqiyotning kelajagini bel-
gilab beradigan eng muhim omillardan biri sifatida jahonshumul 
ahamiyatga molik muammolar sirasiga kiritilishini hayotning o'zi 
taqozo etmoqda. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling