Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Oziq-ovqat muammosi. Bugungi dunyo aholisi 7 millionga
yetdi va uning soni ortib bormoqda. Tez o'sib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat bilan ta'minlash muammosi keyingi payt- larda jahonning bir qancha mintaqalarida ancha keskinlashdi. Mavjud ma'lumotlarga asosan, dunyo xalqlarining 2/3 qismi 196 doim oziq-ovqat taqchilligi hukm surayotgan mamlakat xalqlari hissasiga to'g'ri kelmoqda. Bu mintaqalarda ekiladigan yer may- donlari aholi jon boshiga nisbatan kamayib, 0,2 ga ni tashkil etmoqda. Holbuki, 1950-yilda bu ko'rsatkich 0,5 ga ni tashkil etgan edi. Oziq-ovqat zaxiralarining o'sishini, bir tomondan, ishlana- digan yer maydonlarini kengaytirish hisobiga, ikkinchi tomon- dan ekilayotgan maydonlarning hosildorligini oshirish hisobiga ta'minlash mumkin. Keyingi paytlarda hosildorlikni ko'paytirish ustida juda ko'p ishlar qilinib, o'tgan asrning 80-yillari oxir- lariga kelib dunyo miqyosida yetishtirilgan mahsulot o'sishining 90% hosildorlikni ko'tarish hisobiga to'g'ri keldi. Ammo, bizga ma'lumki, bunday muvaffaqiyatlarga tabiatga haddan ziyod qi- lingan qattiq zug'um natijasida erishildi. Juda ko'p yerlar bun- day tazyiqqa dosh bera olmasdan ishdan chiqa boshladi. Bugungi kunda ana shu yerlarni tabiiy holatiga qaytarish uchun imkoniyat qolmadi. Bunday tahlikali holatning sabablarini aholining tabiiy o'sishi nihoyatda tez sur'atlar bilan ko'paygani, ularning ish va oziq- ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishga bo'lgan intilishi bilan tabiiy muhitning ekologik muvozanatini saqlash uchun yetarli mablag'ni topa olmayotganligidan izlash kerak. Rivojlangan va kam taraqqiy etgan mamlakatlar o'rtasidagi tafovutni yo'qotish ham davrimizning eng chigal jahonshumul muammolari qatoridan o'rin oldi. Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy texnologiya, ilg'or ishlab chiqarish malakasi va insoni- yatning ilmiy-texnika yutuqlari sistemalashtirilgan bilimlar zaxi- rasi to'planib, shu bilan birga aholining tabiiy o'sish darajasining pastligi boshqa mamlakatlarga nisbatan o'z mamlakati aholisi- ning iqtisodiy yashash tarzining beqiyos darajada yaxshilanishiga olib keldi. Bu mamlakatlarda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat- ning o'ziga xos tomonlari shundaki, mazkur mamlakatlarda in- dustrlashtirish jarayoni o'tgan asrimizning 70-yillari boshidayoq tugallanib, eng' avval AQSH, keyinchalik Germaniya, Yaponiya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ishlab chiqarish taraqqiyo- tining yanada yuqoriroq bosqichiga o'ta boshladi. Bunda ilmiy- 197 texnika yutuqlari ko'proq talabga mos va yuqori texnologiyani rivojlantirishga ko'p e'tibor berdi, tabiiyki, oqibatda juda katta foyda olina boshlandi. Bunday ishlab chiqarish jarayonida ma- lakasiz yoki kam malaka va bilimga ega bo'lgan ishchi kuchlariga ehtiyoj keskin kamayib ketadi. Bunda iqtisodiy taraqqiyot darajasi tabiiy resurslar yoki ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan emas, balki ilmiy-bilim, texnologi- ya, murakkab mashina va uskunalar bilan o'lchanadi. Rivojla- nayotgan mamlakatlar bu darajaga yetishish uchun bir qator ja- rayonlardan o'tgan. Birinchidan, bu mamlakatlar tabiiy boyliklari hisobiga ort- tirilgan milliy daromad miqdorining mamlakat aholisi jon boshi- ga tushadigan salmog'i keskin darajada ko'paydi. Ikkinchidan, mamlakat aholisining tug'ilishini chegaralash, ularga sarflanadigan mablag'ni yuqori texnologiyani egallashda zarur bo'lgan mutaxassislar yetkazish uchun sarflash ko'zda tu- tildi. Uchinchidan, ilmiy tadqiqot, oliy o'quv yurtlari va maorifga taraqqiyotni ta'minlovchi asosiy manba sifatida qarab, birinchi darajali ahamiyat berildi. Chunki yuqori texnologiyani egallash yuqori malakali ilm egalarini talab qiladi. Ijtimoiy taraqqiyot da- rajasini belgilovchi eng asosiy omil — ilmiy tafakkur esa jamiyat a'zolarining ma'rifatlilik darajasini belgilab beradi. Bu sohada, bu- tun jahon miqyosida fan va ta'limga 3—4% yalpi milliy mahsulot- ning miqdorida mablag' ajratilayotgan bir paytda, O'zbekistonda bu ko'rsatkich bir necha marta ko'p miqdorda ekanligi kelajakka katta umid bilan qarashga imkon tug'diradi. XX asrning so'nggi o'n yilligida ba'zi mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy ko'rsatkich orasidagi tafovut tobora kuchayib bordi. Agar XX asrning 60-yillarida Hindistonda ishlab chiqariladi- gan yalpi ijtimoiy mahsulot jon boshiga 50—70 dollarni tashkil etgan bo'lsa, Afg'onistonda 60—70 dollar, Turkiyada 243 dollar, Yaponiyada 1400 dollar, AQShda 3600-3800 dollar bo'lgan. 1994 yilgi ma'lumotlarga muvofiq, yalpi milliy mahsulot jon boshiga Hindistonda 370 dollar, Afg'onistonda 80 dollar, Turkiyada 3900 dollar, Bangladeshda 125 dollar, Germaniyada 22 ming dollar, 198 Italiyada 14,8 ming dollar, AQShda 26 ming dollar, Janubiy Ko- rcyada 8,7 ming dollar, Yaponiyada 37000 dollar bo'lgan. Demak, kambag'al davlatlarning kambag'allashishi yanada kuchayib bormoqda. Buning bosh sababchisi, shu mamlakat- lardagi demografik jarayon ekanligi ta'kidlanmoqda. Aholining faqat miqdoriy o'sishining o'zi ko'r-ko'rona yaxshi yashash tarziga olib kelavermaydi. Buning uchun mamlakat aholisining e'tiqodi, milliy psixologiyasi, qadriyat va an'analarini hisobga olgan holda faol demografik siyosat olib borish zamr. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling