Falsafa asoslari


Induktiv xulosa chiqarish


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Induktiv xulosa chiqarish. Yakka mulohazalarni umumlashtirib 
xulosa chiqarish kundalik hayotda, ilmiy bilishda ko'p qo'llaniladi. 
Inson hayotiy tajriba natijalarini, kuzatishlarini umumlashtirib, 
aynan shu usul asosida xulosa chiqaradi. Fikrning yakkalikdan 
umumiylikka qarab harakatlanishini ifodalovchi bunday xulosa 
chiqarish turi induksiya (lot. «inductio» — yagona asosga keltirish) 
deb ataladi. Induktiv xulosa chiqarishda kuzatish va tajriba nati-
jalari muhim ahamiyatga ega. Induktiv xulosa chiqarish bavosita 
xulosa hisoblanadi. Induktiv xulosa chiqarish asoslari ikkita va 
undan ortiq mulohazalardan tashkil topgan bo'ladi. Ular, odatda, 
yakka predmet yoki predmetlar sinfining bir qismini ifoda qiladi. 
Xulosada esa, bir mantiqiy sinfga mansub predmetlarning barcha-
siga nisbatan umumiy mulohaza tarzidagi fikr hosil qilinadi. 
Induktiv xulosa chiqarishda birorta belgining ma'lum bir sinfga 
mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgi-
ning mazkur sinfga tegishli barcha predmetlarga xosligi haqida xu-
losa chiqariladi. 
Induktiv xulosa chiqarishning tarkibi xulosa asoslari, tek-
shirilayotgan belgi va xulosadan iborat. Induktiv xulosa chiqa-
rishning ikkita turi mavjud: to'liq va to'liqsi2 induksiya. 


predmetlari uchun umumiy ekanligi haqida xulosa chiqariladi. 
To'liq induksiya miqdori cheklangan va aniq bo'lgan (sanaladi-
gan) predmetlar sinfi haqida empirik materiallarni umumlashti-
rish yo'li bilan xulosaviy bilim olishning samarali vositasi bo'lib, 
uning xulosasi doimo aniq bo'ladi. 
To'liqsiz induksiyada birorta belgining bir mantiqiy sinfga te-
gishli predmetlarning bir qismiga (bir nechtasiga) xosligini (yoki 
xos emasligi) aniqlash asosida shu belgining berilgan sinfga man-
sub barcha predmetlarga xosligi (xos emasligi) haqida xulosa 
chiqariladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling