Falsafa asoslari


Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Fikr yuritishda mulohazalarni qurish va xulosa chiqarish bilan 
bogiiq xatolar. Mulohazalar bilan bog'liq xatolar. Mulohazalar­
ni tushunchalarning mantiqiy bog'lanishi deb qarash mumkin. 
Mulohazalar tarkibidagi tushunchalarning aniq bo'lishi ularning 
to'g'ri va chin bo'lishi uchun muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, 
mantiqiy ega va mantiqiy kesim mulohazalarning tarkibiy qismlari 
bo'lib, ularning o'zaro mantiqan to'g'ri bog'liqligi ham fikrning 
to'g'ri va chin bo'lishini ta'minlaydi. Quyidagi holatlarda mulo-
haza yolg'on hisoblanadi: 
1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo'lmagan xususiyat 
tasdiqlansa (masalan, uchburchak burchaklarining yig'indisi 360° 
ga teng). 
2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo'lgan xususiyat in-
kor qilinsa (masalan, mevali daraxtlar bahorda gullamaydi). 
3. Juziy chin bo'lgan mulohaza ba'zi holatlarda umumiy deb 
qabul qilinsa (masalan, «Ba'zi o'quvchilar mas'uliyatsiz» mulo-
hazasini «Hamma o'quvchilar mas'uliyatsiz» mulohazasi bilan 
almashtirilsa). 
Xulosa chiqarish bilan bog'liq xatolar. 
Fikr yuritish jarayonida eng ko'p uchraydigan mantiqiy xatolar 
xulosa chiqarish bilan bog'liq. Bunga sabab xulosa chiqarishning 
har bir turiga xos bo'lgan qoidalarni bilmaslikdir. Shunday xato-
lardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz. 
Umumiy mulohazalarga asoslanib (sillogistik) xulosa chiqa-
rishda keng tarqalgan xatolardan biri sillogizm I figurasining qoi-
dasi buzilishining natijasida vujudga keladi. Bunga ko'ra I figura 
244 


bo'yicha kichik asos inkor mulohaza bo'lganda hosil qilingan xu-
losa noaniq (ko'pincha xato) bo'ladi. Masalan: 
Hamma advokatlar yuristdir. 
Bu kishi advokat emas. 
Bu kishi yurist emas. 
Xulosaning noaniq bo'lishiga sabab, yuristlar faqat advokat 
emas, balki o'qituvchi yoki olim bo'lishlari ham mumkin. 
Yana bir xato sillogizm II figurasi qoidasi buzilishining nati-
jasida vujudga keladi. Masalan: 
Hamma okulistlar shifokordir. 
Bu ayol shifokor. 
Bu ayol okulistdir. 
Shifokorlar faqat okulist (ko'z shifokori) emas, balki stomato-
log, kardiolog, xirurg bo'lishlari ham mumkin. 
Yakka mulohazalarni umumlashtirib (induktiv) xulosa chiqa-
rishda eng ko'p uchraydigan mantiqiy xato «undan keyin, de-
mak, shu sababga ko'ra» deb ataladi. Bu xato oldinma-ketin kel-
gan hodisalarning hammasida avvalgisi sabab, keyingisi oqibat 
bo'ladi, degan fikrga asoslanish natijasida yuzaga keladi. 
O'xshatish (analogiya)ga asoslanib xulosa chiqarilganda, 
taqqoslanayotgan hodisalarning nomuhim belgilari asos qilib 
olinsa, mantiqiy xatoga yo'l qo'yiladi. Masalan: 
Aziza va Robiya bir sinfda o'qiydi, yoshlari va bo'ylari teng. 
Aziza ingliz tilini yaxshi biladi. 
Demak, Robiya ham ingliz tilini yaxshi biladi. 
Yuqorida ko'rsatilgan mantiqiy xatolarga yo'l qo'ymaslik 
uchun quyidagi qoidalarga amal qilish zarur: 
1. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo'lgan xususiyat do-
imo tasdiqlanishi shart. 
2. Mantiqiy kesimda mantiqiy egaga xos bo'lmagan xususiyat 
doimo inkor qilinishi shart. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling