Bahsda qo'llaniladigan hiylalar:
— yolg'on uyatga qo'yish (opponentning atrofdagilar oldida
obro'si to'kilishidan xavotirlanishini bilib, undan foydalanish);
— argumentlarni «yog'lash» (opponentga oshkora xushomad-
go'ylik qilish);
— yosh, ma'lumot va mavqeni pesh qilish (masalan, avval dip-
lom oling, keyin gapiring);
— gapni boshqa tomonga burish;
— qat'iy ohangda so'zlash;
— ataylab bahsni to'xtatish va boshqalar.
253
Fikrni asoslashda uchraydigan xatolar turli-tuman bo'lib,
ulardan ba'zilarini ko'rib chiqamiz.
Sofizm so'zi «ayyorlik», «soxta donolik» degan ma'nolarni
bildiradi. Bunday ishlar bilan shug'ullanuvchilar, ya'ni rostni
yolg'on, yolg'onni rost deb tasdiqlovchi, o'zini dono, boshqalarni
esa nodon qilib ko'rsatuvchi kishilar sofistlar-safsatabozlar deb
ataladi. Sofistlar chin fikrni xato, xato fikrni esa chin deb isbot-
lovchi kishilar bo'lib, o'z maqsadlarini amalga oshirishda o'ziga
xos isbotlash usullaridan foydalanadilar.
Forobiy «Falsafatu Aristutolis» nomli risolasida safsatabozlar
qo'llaydigan quyidagi olti usulni ko'rsatadi: «1) tanbeh berish; 2)
dovdiratish; 3) tuhmat qilish; 4) nutqda duduqlanishga majbur
qilish; 5) bema'ni narsalardan foydalanish, safsata; 6) suhbat-
doshga so'z bermaslik». Sofistik muhokamalarga chalkashtirish,
yanglishtirish, aldash, noto'g'rini to'g'ri, to'g'rini noto'g'ri deb
bilish xosdir.
Sofistik muhokamalar so'zlovchi va tinglovchi orasidagi fikr
almashinish jarayonida, suhbat va bahs yuritishda qo'llaniladi.
Bunday muhokamalardan maqsad suhbatdoshinihg yolg'on ga-
pirayotganligini ko'rsatish, uning fikrini yuzaki rad etgan holda,
hamma tomonidan qabul qilingan fikrlarga nisbatan zid fikrga
olib kelish, fikrini chalkash bayon qilishga va (suhbatdoshini)
hadeb bir fikrni qayta takrorlashga (ezmalik qilishga) majbur
etishdir. Sofistlar o'z maqsadlarini amalga oshirishda insonning
ruhiy holatidan, tafakkurida o'rnashib qolgan fikrlaridan, odat-
laridan, Shuningdek biror g'oyaning tarafdori ekanligidan ustalik
bilan foydalanadilar. Masalan, «Kal» sofizmi:
— Agar odamning boshidan bir dona soch tolasi to'kilsa, u kal
bo'ladimi?
— Yo'q.
— O'n dona to'kilsa-chi?
— Kal bo'lmaydi.
— Bittadan boshdagi hamma sochlar to'kilgandachi?
— Unda kal bo'ladi.
— Sen o'z so'zingga o'zing qarshi chiqayapsan. Hozirgina bitta
sochi to'kilsa kal bo'lmaydi degan eding. Bu sofizmda bir dona
254
soch tolasining to'kilishi bilan bittadan hamma soch tolasining
to'kilishi bir hodisa deb ko'rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |