Falsafa asoslari
Gipoteza (faraz) - bilimlarning mavjud bo'lish va taraqqiy etish
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Gipoteza (faraz) - bilimlarning mavjud bo'lish va taraqqiy etish
shakii. Muammoni hal etish jarayonida malum bir gipotezalar ilgari suriladi va asoslanadi. Gipoteza (faraz) — o'rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiruvchi asosli tax- min tarzidagi bilim shaklidir. Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza shaklida vujudga keladi va shu ma'noda u bilimlarning mavjud bo'lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. Chin, ishonchli bilimlar hosil bo'lgunga qadar qo'yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-mulohazalar kuzatish, eksperiment nati- jalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan bo'lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida mavjud bo'ladi. Gipotezani qurish o'rganilayotgan hodisani tushuntiruvchi taxminiy fikrlarni ilgari surishdan iborat bo'ladi. U qayd etilgan faktlar, ular uchun xarakterli bo'lgan qonuniyatlar haqidagi mu- lohazalar yoki mulohazalar tizimi tarzida bo'ladi. Uni ifoda qi- luvchi asosiy gap mulohazalar sistemasini hosil qiluvchi element, deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza)da, odatda, gipotezaning bosh g'oyasida aks etadi. Muhokama jarayoni uning negizida, atrofida quriladi va malum bir ishchi gipotezalar — vaqtinchalik, mo'ljalni to'g'ri olishga yordam beradigan taxminlarning ilgari surilishiga, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq tadqiq qilinishiga olib keladi. Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi ehti- moliy xulosa chiqarish hisoblanadi. Shuningdek, gipoteza ba'zi hoUarda qat'iy xulosa chiqarish shakllarida ham ilgari surilishi mumkin. Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallarni tahlil qilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, umumlashtirish, tal- qin etish natijasida paydo bo'ladi. Ana shuning uchun ham gipoteza - bu har qanday taxmin emas, balki o'zining muayyan mantiqiy kuchiga ega mulohaza, malum bir darajada asoslangan farazdir. Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bos- qichda gipotezadan malum bir natijalar keltirib chiqariladi va ularning mavjud faktlarga (yoki boshqa ishonchli bilimlarga) mu- vofiqligi aniqlanadi. 259 Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. Bu gipotezadan kelib chiqadigan natijalarning mavjud faktlarga nomuvofiqligini ko'rsatish orqali amalga oshiriladi. Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, bu gipotezaning mav- qeini ancha pasaytirsa-da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid bo'lgan holatlar aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning Yerning harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi Kopernikning geliotsentrik nazariyasi asoslanadlgan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, o'rganilayotgan hodisa haqida bir vaqtning o'zida bir qancha gipotezalar ilgari surilishi mumkin. Gipoteza tasdiqlanmaguncha o'zining bilishdagi aha- miyatini yo'qotmaydi. Rad etilsa, o'rniga boshqa gipoteza qu- riladi va bu hoi to gipotezalardan birortasi tasdiqlanmaguncha, ya'ni muammoning yechimi topilmaguncha davom etadi. Ilgari surilayotgan gipotezalar turli xil darajada umumlashgan bo'lishi mumkin. Ana shunga muvofiq holda umumiy va juziy gipotezalarni ajratish mumkin. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling