Falsafa asoslari


shunchalar, qonunlar, gipotezalar, g'oyalarni sistemaga solib, u


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

shunchalar, qonunlar, gipotezalar, g'oyalarni sistemaga solib, u 
haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, yangi fundamental umum-
lashmalar yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tu-
shuntirish, oldindan ko'rish imkonini beradigan ishonchli bilimdan 
iborat. 
Har bir nazariya o'z tushunchalari va ta'riflash qoidalariga 
ega. Bunga misol qilib kimyo fanidagi atom, molekula, ishqor 
kislota kabi tushunchalarni olishimiz mumkin. Xuddi Shuning-
dek, har qanday nazariya xulosalar tarzidagi o'z natijalariga ega. 
Demak, ilmiy nazariyaning tarkibida uning har bir element! o'z 
o'rniga ega. 
Muammoni aniqlash va yechimini asoslashda savol-javobning 
o'rni. Inson dunyoqarashini kengaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi 
261 


eng asosiy vositalardan biri — savol-javob (dialog)dir. Savol-javob-
ni tashkil eta bilish insonda voqelikka mos (adekvat) tushuncha-
larning shakllanishiga, mulohazalarini to'g'ri qurishga va xulosa 
chiqarishga o'rgatadi. 
Savol-javob, dialog erotematik (grek. yerotematikos — savol 
shaklida) mantiqda o'rganiladi. Savol mantiqiy reallikning 
o'ziga xos alohida ko'rinishidir. Savol berish, ya'ni fikrni to'g'ri 
javobga yo'naltirish san'ati — tafakkurlash madaniyatining zaru-
riy elementidir. Mantiqan to'g'ri savollarni qo'ya bilish aqllilik, 
farosatlilikning muhim belgisidir. Savol nima? Savol — keng 
ma'noda tafakkur shakli bo'lib, uning yordamida qo'yilgan 
maqsadlarga erishish uchun ma'lum turdagi bilimlarning yetish-
maslik (tanqislik) holati tilda ifodalanadi
1
. Inson bilimi predmet 
va hodisal#r haqida avvalgi hosil qilingan mulohazalardan yan-
gi, ularni to'ldiradigan, kengaytiradigan mulohazalarni yara-
tishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma'lum bir savol­
larni qo'yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo'ladi. Savol 
so'roq gap yordamida ifoda qilingani uchun, undagi ma'lumot 
yakunlanmagan bo'ladi. Mulohaza va so'roq gap bilishda turli-
cha vazifalarni bajaradi. Mulohazaning vazifasi predmet haqi-
dagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo'lsa, savol uning 
yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, aniqlashga, 
o'rganishga qaratilgan bo'ladi. Savollar iltimos yoki talab qilib 
beriladi. Demak, savol avvaldan ma'lum bo'lgan axborot asosida 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling