Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

I. Tezisni rad etish. 
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud: 
1. Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. 
Bunda bo'lib o'tgan voqealar, statistik ma'lumotlarga asoslanib 
tezis rad etiladi. Masalan, «Bu qo'lyozma XVII asrda yozilgan», 
degan tezisni rad etish, ya'ni uning noto'g'ri ekanligini isbotlash 
uchun yozuv usuli, qog'ozning turi, qaysi alifboda yozilganligi 
kabi faktlarga asoslanamiz va tezisni rad etamiz. 
2. Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki 
ziddiyatli ekanligini) ko'rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan 
kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu 
usul «bema'nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis 
vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar 
aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto'g'ri ekanligi isbot-
lanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu 
bema'nilik bo'ladi. «Bema'nilikka olib kelish» usulining formu-
las! quyidagicha: (a—>-b) -» ((a->b)->a). 
3. Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan 
tezisga zid bo'lgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. 
Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning chinligidan 
tezisning xatoligi keltirib chiqariladi. 
249 



II. Argumentlarni rad etish. 
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan ar-
gumentlar tanqid qilinib, ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash 
uchun yetarli emasligi aniqlanadi. Argumentlarning xatoligi te-
zisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin 
bo'lishi ham mumkin. Argumentlarni rad etish orqali tezisning 
isbotlanmaganligi asoslab beriladi. 
III. Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish. 
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo'l qo'yilgan xatolar 
aniqlanadi. Bunda rad etilayotgan tezisning chinligi uni asoslash 
uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asos-
lab beriladi. Isbotlash usulida yo'l qo'yilgan xato aniqlanganda 
tezis rad etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi. 
Rad etishning yuqorida ko'rsatilgan usullari ko'pincha birga-
likda, bir-birini to'ldirgan holda qo'llanadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling