raddiyani argumentlash (isbotlash)ning xususiy ko'rinishi, deb
hisoblash mumkin. Raddiya ham argumentlash (isbotlash) kabi
tezis (rad qilinishi lozim bo'lgan mulohaza), argumentlar (tezisni
rad qiluvehi mulohazalar) va demonstratsiya (rad etish usuli)
dan tashkil topgan bo'ladi. Raddiya birorta masalani muhokama
qilish, ya'ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs qatnash-
chilaridan biri malum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa
(proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilin-
magan, munozarali masalalar bo'yicha olib boriladigan bahslar
polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina
qolmay, balki tanqidiy analiz ham qilinadi.
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi:
I. Tezisni rad etish
II. Argumentlarni rad etish
III. Demonstratsiyani rad etish.
Do'stlaringiz bilan baham: