Falsafa asoslari


Axloqning tartibga solish, boshqarish funksiyasi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Axloqning tartibga solish, boshqarish funksiyasi - odamlar 
o'rtasidagi munosabatlarni jamiyat tomonidan qabul qilingan, 
o'rnatilgan axloqiy normalar orqali tartibga solinishi va boshqari-
shi bilan ifodalanadi. Unda axloqiy munosabatlarni tartibga soluv-
chi vosita vazifasini axloq tamoyillari, normalari, jamoatchilik 
fikri, el-yurt o'rtasidagi obro'-martaba, an'ana, urf-odat, o'git, 
pand-nasihat va boshqalar tashkil qiladi. Tartibga solish, boshqa-
rish esa bevosita moslovchi-norma, talab qiluvchi-norma, taqiq-
lovchi-norma, chegaralovchi-norma, namunali-norma va hoka-
zolar orqali amalga oshiriladi. 
Qadriyat maqomini olgan axloq ana shu jarayonda o'zining 
ijobiy kuchini namoyish qiladi. 
Axloqning aksiologik funksiyasi — bu «axloqiylik va axloqsiz-
lik», «yaxshilik va yomonlik» nuqtayi nazaridan odamlarning 
xatti-harakatlariga, niyati, maqsadi, o'y-xayollariga, vaj-sabablari-
ga, axloqiy qarashlari va shaxsiy xislatlariga baho berish asosida 
ularni qadrlashni amalga oshiradi. Axloqning ana shu funksiyasi 
axloqiy qadriyatlarning qanchalik hayotiy yoki hayotiy emasligini 
ifodalovchi vositalardan biri hisoblanadi. Xuddi shu joyda axloqiy 
va estetik qadriyatlarning uyg'unligi ham ko'zga tashlanadi. 
Axloqning maqsadga yo'naltirish funksiyasi — bu jamiyat ha-
yotida ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan axloqiy qadriyatlar tizimi-
ning kelgusidagi istiqbollarini belgilab beruvchi yo'lchi yulduz 
ishini bajaradi. Axloqning bu funksiyasi har bir jamiyat uchun 
o'ta zarur bo'lgan axloqiy qadriyatlar tizimini ishlab chiqish bilan 
shug'ullanadi. Shu tufayli ba'zi bir axloqiy qadriyatlar umumin-
soniy yoki milliy darajaga ega bo'ladilar. 
Axloqning bilish funksiyasi — bu odamlardagi yaxshi va yo-
mon fazilatlarni anglab oluh asosida voqelik to'g'risida muayyan 
bilimlarni hosil qilish ishini o'taydi. Ma'lumki, axloqiy bilim, 
prinsip, norma, kodeks, nizom va boshqalarda ijtimoiy axloqiy 
qadriyatlar haqida ko'plab axborot-ma'lumotlar o'z aksini top-
269 


gan bo'ladi. Ana shu axborot-ma'lumotlarga ega bo'lish odam, 
jamiyat uchun eng qiyin, og'ir damlarda birdan bir to'g'ri axloqiy 
tanlovni amalga oshirishga yordam beradi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling