Falsafa asoslari
UCHINCHI BO'LIM. ETIKA: AXLOQ FALSAFASI
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
UCHINCHI BO'LIM. ETIKA: AXLOQ FALSAFASI
13-mavzu. «Etika» fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati Etika fanining mohiyati va predmeti. Etika fani bir necha ming yillik tarixga ega qadimiy fan. U bizda «axloq ilmi», «odobnoma» kabi nomlar bilan atalgan. Axloq — inson ma'naviy kamoloti sar- chashmalaridan biri bo'lib, u tufayli jamiyat ravnaq topadi, fuqa- rolarning baxt-saodat haqidagi orzu-umidlari ro'yobga chiqadi. U o'zining paydo bo'lish tabiatiga ko'ra ijtimoiy-tarixiy hodisa hisoblanadi. Odamzod ijtimoiy mavjudot sifatida shakllana bosh- lagan kundanoq axloq paydo bo'lgan. Aniqrog'i, odamzodning o'zi ular o'rtasidagi axloqiy munosabatlarning hosilasi sifatida shakllana borgan. Odamlar o'rtasidagi axloqiy munosabatlar negizida jamiyatning axloqiy hayoti ijtimoiy borliqning tarkibiy qismi sifatida qaror topgan. Inson va jamiyat hayotida axloq talab qiluvchi, tartibga soluv- chi, boshqaruvchi, yo'naltiruvchi kuch bo'lganligi uchun ham buyuk mutafakkirlar, shoirlar, olimlar, davlat va jamoat arbob- larining diqqatini o'ziga tortib kelgan. Axloqning mohiyatini, ta- biatini tadqiq qilish tarixiylik va mantiqiylik, tizimli yondashuv usullari (metodlari) orqali ish ko'rishni taqozo etadi. Axloq ilmini o'rganishga bag'ishlangan xorijiy va o'zbek tilidagi adabiyotlarda «axloq», «etika», «moral» degan tushunchalar ko'plab ishlatila- di. «Etika» so'zi qadimgi yunonistonlik mutafakkirlar tomoni- dan fanga kiritilgan. O'z vaqtida Gomer «ethos» (etos) so'zidan «birgalikda yashaydigan joy, uy, g'or, uya, in, makon» ma'nosida foydalangan bo'lsa, eramizdan avvalgi IV asrda yashagan yunon faylasufi Arastu «etos» so'zidan ikkita: «Etika» (axloq) va «Eti- kaviylik» (axloqiylik) degan tushunchalarni keltirib chiqaradi. U «axloqiylik»ni inson qalbining takomillashgan sifatlari — xotir- jamlik, og'irlik, vazminlik, bosiqlik, mardlik, botirlik, jasurlik, qahramonlik, o'rtachalik, mo'tadillik va hokazolarni ifodalovchi tushuncha deb bilgan. Shu asosda u etikani-yaxshi fazilatlarga (xislatlar) ega bo'lgan kishilarni yoki kishilarning yaxshi sifatla- 266 rini, ya'ni xayrli, saxovat va himmatli, ezgu ishlarini o'rgatuvchi ilm sohasi deb tushungan. Darhaqiqat, Arastu etikaga; insonlar o'rtasidagi munosabat doirasi va oqil ijtimoiy hayvon (individ)ning axloqini o'rganuvchi fan deb, ta'rif bergan. Bu haqda «Nikomax etikasi», «Evdem eti- kasi», «Katta etika» kitoblarini yozib «etika» faniga asos solgan 1 . Demak, G'arbiy Yevropada bundan 2500 yil oldin axloq masalasi ilm sohasi sifatida o'rganila boshlangan. Axloqshunoslik ilmi tarixida axloq va uning mazmun-mohi- yatiga doir juda ko'plab ta'riflar berilgan. Jumladan, «Falsafa: qomusiy lug'at»ida: «Axloq (arab. Xulqning ko'pligi; lot. Moralis — xulq-atvor) — ijtimoiy ong shakllaridan biri. Kishilarning tari- xan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turishi, ijtimoiy va shaxsiy hayotdagi o'zaro, Shuningdek, jamiyatga bo'lgan munosabatlar- ni tartibga solib turuvchi barqaror, muayyan norma va qoidalar yig'indisi» 2 , — deb ta'riflangan. Ba'zi mualliflar «axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega ekan- ligini, ya'ni umumiy tushuncha sifatida u fanning predmetini anglatsa, muayyan tushuncha sifatida inson fe'1-atvori va xat- ti-harakatining eng qamrovli qismini bildirib, jamiyat, zamon, ba'zan insoniyat tarixi uchun namuna bo'la oladigan umum- bashariy ahamiyatga ega ijobiy xatti-harakatlar yig'indisi, in- soniy kamolot darajasini belgilovchi ma'naviy hodisa ekanligini ta'kidlaydi 3 . Har bir insondan umri davomida jamiyatda qabul qilingan urf-odat, an'ana va qomm-qoidalarga amal qilishi talab etiladi. Ana shu jarayonda inson va jamiyat o'rtasida yuzaga keladigan obyektiv aloqadorlik, ya'ni ijtimoiy munosabat — xulq atvor, odob, xatti-harakat, prinsip va normalarning majmuasi axloq- 1 Аристотель. Никомахова этика / Аристотель. Сочинение. В 4 х-т. Т. 4. - М.: Мысль, 1984. С. 55 - 62. 2 Falsafa: Qomusiy lug'at / Tuzuvchi va mas'ul miharrir Q.Nazarov. - Т.: Sharq, 2004. - 40 b. 3 Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. - Т.: O'zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010. -8 b. 267 ning mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Binobarin, axloqning manbai jamiyat ehtiyqji va manfaatlaridan iborat. Etika axloqning kelib chiqishi va mohiyatini, kishining jami- yatdagi axloqiy munosabatlarini o'rganadi. «Axloq» so'zi arab- chadan olingan bo'lib, insonning muomala va ruhiy xususiyat- lari majmuyini, fe'lini, tabiatini anglatadigan «xulq» so'zining ko'plik shaklidir. «Axloq» iborasi ikki xil ma'noga ega: umumiy tushuncha sifatida u fanning tadqiqot obyektini anglatsa, muay- yan tushuncha sifatida inson fe'1-atvori va xatti-harakatining eng qamrovli qismini bildiradi. Demak, axloq deb, avvalo inson bilan inson, so'ngra inson bilan jamiyat o'rtasidagi obyektiv va subyektiv aloqadorliklar tu- fayli kelib chiqadigan, shaxsiy va umumiy manfaatlarni muvo- fiqlashtirib turish asosida har bir shaxs, jamoa, ijtimoiy guruh, millat, elatning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga sola- digan, yaxshi ezgu niyatlar sari yo'naltiradigan, qadriyat maqo- mini olgan muayyan xulq-atvor, odob, xatti-harakat, tamoyil va normalarning majmuyiga aytiladi. Jamiyatning axloqiy hayotini o'zida aks ettiruvchi axloqni ijtimoiy-ma'naviy hodisa sifatida tarkibiy tuzilishi bo'yicha uchta: — birinchidan, kishilarning kundalik hayotida sodir etadigan axloqiy xatti-harakatlaridan iborat bo'lgan amaldagi axloq, ya'ni axloqiy amaliyot; — ikkinchidan, muayyan qadriyatlar asosida fikr yuritish, ba- holash, qadr-qimmatini belgilashni o'z ichiga oluvchi axloqiy ong; — uchinchidan, o'zini o'zi axloqiy anglash — mavjud vaziyatni axloqiy jihatdan tahlil qilishni, ya'ni qalban o'zi bilan gaplashish, o'zicha baholash, o'zini nazorat qilish, o'zini o'zi takomillashti- rish, boshqa odamlar bilan birga ich-ichidan aziyat chekish; aniq vaziyatda yaxshi va yomonni qalban his qilish, yaxshi va yomon- dan birini tanlashga irodaviy jihatdan tayyor turish kabi dara- jalarga ajratish mumkin. Ana shu uchta darajadan o'tgan ijobiy xatti-harakatlar, xusu- san, yaxshilik, mehr-muruvvat, fidoyilik, saxovat, o'zaro hurmat, 268 beg'arazlik, shijoat, sadoqat va hokazolar asta-sekinlik bilan ax- loqiy qadriyatlarga aylanib boradi. Inson va jamiyat hayotida axloq quyidagi funksiyalarni baja- radi: Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling