Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Hayotning ma'nosi. Inson nima uchun yashaydi? Yashashdan
maqsad nima? Inson hayotining ma'nosi nimada? Har bir inson o'z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va hayotining ma'nosini o'ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u ax- loqshunoslikning ancha murakkab tushunehalaridan hisoblanadi. Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma'nosini yashash- dan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari ko'p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas, 281 Chunki hayotning ma'nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli tushuncha, o'z ichiga o'nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, aniqrog'i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu bois kimningdir biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini «ma'nosiz» deb bo'lmaydi. Ba'zan hayot «ma'nosiz» kechishi ham mumkin. Bunda kishi- dagi maqsadlar o'tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yi- roq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz bo'lishi mumkin. Mazkur kishi — «hayot egasi»ning bunday tabiati jamiyat erishgan axloqiy da- raja bilan baholanadi. Zero, kimdir o'z hayoti ma'nosini qanday yo'l bilan bo'lmasin boy-badavlat, to'kin-sochin yashashda deb tushunadi: harom-xarishning farqiga borib o'tirmaydi, birovning haqidan qo'rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo'lmasin, mar- tabaga erishishni o'z oldiga hayotiy maqsad qilib qo'yadi, faqat «yulsam» deydi. Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin o'zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan ishi bo'lmaydi, faqat «o'z qobig'ida» yashashni afzal ko'radi. Yana bir toifa odamlar borki, ular hayotining ma'nosini eng yuksak qadriyatlar bilan bog'laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, go'zallik oshuftasi, e'tiqodi but kimsalar sifatida e'tibor qozona- dilar. Ular oliy ideallarga intilib, fidoyilarcha umr kechiradi- lar. Hayotining ma'nosini o'zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi umr»da ko'radilar. Biz yuqorida ko'rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy- ma'naviy guruhning biriga, ta'bir joiz bo'lsa, shartli ravishda dunyoviy deb ataladigan qismiga mansub. Ikkinchi guruhni esa e'tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. Bu guruh hayotning ma'nosini xudoni topishda, unga yetishish- da deb biladi. Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali emas, balki muhabbat vositasida ham xudoga murojaat qiladilar. Malum bo'lyaptiki, hayotning ma'nosini tushunishda har ikki ijtimoiy-ma'naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin ular bir masalada yakdil: ular hayotning ma'nosi o'z manfaat- larini o'zgalar manfaati bilan bog'lab, oliy qadriyatlar va yuksak aqidalami ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy qoidaga binoan umr kechiradilar. 282 Baxt. Hayotning ma'nosi ideal bilan bog'liq bo'lgani kabi baxt atamasini ham hayotning ma'nosi tushunchasidan ajratib olin- gan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o'z hayoti ma'nosini qay darajada tushungani va shu ma'nodan umri mo- baynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina ro'y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom etadi. Shu ma'noda buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt — har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdif», — deganida ko'p jihatdan haq edi. Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unut- maslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to'g'ri emas. Laz- zat oniylik xususiyatiga ega, o'zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o'tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastrologik yoki shahvoniy lazzatni olib ko'raylik: deylik, siz kabobni xush ko'rasiz va laz- zatlanib yeya boshlaysiz, lekin biroz muddat o'tgach, to'yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma'naviy ehtiyoj bilan bog'liq, unda maqsadlarga birin- ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to'xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o'z ichiga oladi. Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli si- fatida ko'zga tashlansada, aslida undan farqli o'laroq, shaxsning intilishini emas, shu intilishning ro'yobini anglatadi. Har bir inti- lishning ro'yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurash- ni taqozo etadi. Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to'g'risida to'xtalib o'tish lozim. Omad ham lazzatga o'xshash oniylik tabiatiga ega. Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo'q: odamga omad hayoti mobaynida kamdan-kam kulib boqadi. Omadning ana shu jihati haqida qrim-tatarlarning qadimgi asotiri bor. Unga ko'ra, omad ma'buda ekan, kunlardan birida uning o'g'li yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi-yu, qaytib chiqmabdi. Shu-shu omad yerga tushib, hanuz bolasini qidirarmish. Ma'budaning yuzi yo'q, faqat qoq miyasi ustida bit- tagina ko'zi bor ekan. Shu bois u to'g'ri kelgan o'tkinchini tutib 283 olib, o'g'limmikan deb, balandga ko'tarib, ko'ziga olib borib qa- rarkan va o'g'li emasligiga ishonch hosil qilgach, osmonu falak- dan pastga qaratib itqitib yuborarkan. Omad o'z qo'liga tush- ganlarning hammasiga shunday munosabatda bo'lar ekan. Darhaqiqat, mazkur asotirda omadning o'tkinchilik mohiyati juda chiroyli va majoziy ochib berilgan; bir umr omadli odam yo'q, omad — tasodif, baxt — zaruriyat; omad — istisnoli, baxt — qonuniy hodisa. Omad - shaxsning bir zumlik holatini aks et- tiradi, baxt esa inson nimaga erishmog'i lozim, degan savolga bir umr mobaynidagi amaliy javobdir. Axloqiy tamoyillar ham inson va jamiyat hayotida muhim aha- miyat kasb etadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qo'yiladigan talab tarzida namoyon bo'lib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti mazmunini, odamlar bilan o'zaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab beradi. Natijada tamoyillar, inson xatti- harakatining umumiy yo'nalishini ko'rsatgan holda, ko'pgina ax- loqiy me'yorlar uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling