Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Shafqat. Shafqat istilohi hozirgacha etikaga doir asosiy o'quv 
adabiyotlarda va ilmiy tadqiqotlarda asosiy mezoniy tushuncha 
sifatida taqdim etilmaydi. Vaholanki shafqatning ildizi inson 
shaxsiga bo'lgan muhabbatga borib taqaladi, u ham muhab-
bat kabi qamrovli hissiyot. Agar muhabbat mehrga asoslansa, 
shafqat muruvvat bilan bog'liq. Lekin u ayni paytda muruv-
vatdan jiddiy farq qiladi. Muruvvat bir insonning ko'p hollar-
da o'ziga aloqasi yo'q boshqa bir insonga achinish hissi orqali 
yordamga qo'l cho'zishi bo'lsa, shafqat kishining o'ziga aloqa-
dor odamga, aybdor, gunohkor, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy 
280 


jazolanishga loyiq kimsaga kechirimlilik orqali insonparvarlik 
ko'rsatishdir. 
Shafqat hissi shafqatga muhtoj kishi o'rniga xayolan o'zini 
qo'yib fikr yuritish orqali vujudga keladigan, o'zga bir inson iz-
tiroblarini yengillatishga qaratilgan axloqiy hodisadir. G'azab 
insondagi hayvoniy xislat bo'lsa, shafqat insoniylik belgilaridan 
biridir. 
Ideal. Inson ideal sari intiladi, o'z hayotini unga qiyoslaydi, 
unga taqlid qiladi. U inson hayotidagi eng oliy axloqiy talabki, 
uning bajarilishi shaxsni komillikka yetkazadi. Albatta, hayotda 
bunga to'la erishib bo'lmaydi, lekin inson ana shu komillikni 
o'ziga namuna bilib, idealga intilib yashashi jarayonida nisbiy-
hayotiy komillikni qo'lga kiritadi. 
Dunyoviy ideal bilan, to'g'rirog'i, ijtimoiy-axloqiy ideal bi-
lan diniy ideal, bir qaraganda, o'xshashdek ko'rinsa-da, aslida 
keskin farq qiladi. Chunonchi, musulmonlar uchun — Muham-
mad (s.a.v.), nasroniylar uchun — Hazrati Iso, yahudo dinidagi-
lar uchun — Hazrati Muso ideal hisoblanadi. Ular ideal sifatida 
hech qachon o'zgarmaydi, boqiy. Ijtimoiy-axloqiy ideallar esa 
o'zgarishi mumkin va ko'p hollarda o'zgarib turadi. Masalan, 
sho'rolar davrida o'sha tuzum asoschisi Lenin — eng yuksak ax-
loqiy ideal sifatida talqin etilardi va ko'pchilik tomonidan shun-
day qabul qilinardi. Hozir esa «Kuch — adolatda!» degan shiorni 
hayotining ma'nosi deb bilgan buyuk ajdodimiz Amir Temur 
ko'pchilik tomonidan ijtimoiy-axloqiy ideal, adolatli davlat 
rahbarining namunaviy timsoli tarzida qabul qilinadi. Demak, 
muayyan tuzum talablaridan kelib chiqqan holda, ijtimoiy-axlo-
qiy ideallar o'zgarishi mumkin. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling