Falsafa asoslari


(Maning psixologik, ijtimoiy-ma'naviy muhitining farzand tar-


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

(Maning psixologik, ijtimoiy-ma'naviy muhitining farzand tar-
biyasiga ta'siri. Oila nomusi va sha'nini saqlashda ota-ona va 
farzandlar mas'uliyati. Har bir insonning shakllanishi, voyaga 
yetishi, o'zini shaxs sifatida namoyon etishida u tarbiya topgan 
oiladagi tarbiyaning, ma'naviy-ruhiy muhitning o'rni kattadir. 
Shuning uchun ham ajdodlarimiz qurilajak oilaning mustahkam-
ligini ta'minlaydigan jihatlarga alohida e'tibor qaratganlar. Yetti 
pushtini surishtirishdan tortib, oilaviy tutumini, mahalladoshlari-
ning bo'lajak qudalar, kuyov yoki kelin haqidagi fikrlarini, kasbu 
korini batafsil o'rganishgan. Yosh oila asoschilarining oila qu-
rishga tayyorgarligini hisobga olish esa eng muhim omil sanalgan. 
Haqiqatan ham, yoshlarning jismonan yetuklikka erishgani 
hali ularni oila qurishga tayyorligini bildirmaydi. Qachonki, ikki 
yosh ham kichik jamiyat, ya'ni oilani barpo etishga ruhan tayyor 
bo'lsalar, shundagina to'kis oila bunyod bo'lishi mumkin. Mu-
taxassislarning fikrlariga qaraganda, bugungi kunda ayrim ota-
onalar orzu-istaklarini tezroq ro'yobga chiqarish maqsadida yoki 
farzandi oldidagi mas'uliyatdan qochish uchunmi, farzandlarini 
erta turmush qurishga undashmoqda. Ming afsuski, bu ko'pincha 
ajralishlar bilan tugamoqda. 
Oilada er-xotin bir-biri bilan nafaqat sevgi-muhabbat rishtalari 
orqali bog'langan, balki iqtisodiy-ijtimoiy, ma'naviy-tarbiyaviy, 
eng muhimi avlodlarni dunyoga keltirish, tarbiyalash va jami-
yatga yetkazib berishdek o'ta mas'uliyatli vazifa bilan ham o'zaro 
bog'liqdirlar. Chunki «oila hayotning, avlodlarning davomiyligini 
ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarni saqlaydigan, kelajak nasl-
lar qanday inson bo'lib yetishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan 
tarbiya o'chog'idir»
1
. Bunda ularning maqsad-muddaolari uyg'un, 
intilishlari mushtarak bo'lishi katta ahamiyat kasb etadi. 
Oila insonning o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga sha-
roit tug'diradigan, ruhan orom oladigan makoni bo'lishi bilan 
1
Falsafa qisqacha izohli lug'at. - Т.: Sharq, 2004. - 241 b. 
296 


birga «asosiy ishxonasi» desak, mubolag'a bo'lmaydi. Bu yerda 
er ham, xotin ham o'z vazifasini og'ishmay bajarsagina farzand-
lari qobil, dasturxoni to'kin, el-yurt o'rtasidagi obro'si yuksak 
bo'ladi. Har tomonlama yetuk, barkamol avlod sog'lom muhitda, 
ma'rifatli, mehnatkash, uzoqni ko'ra oladigan ota-onalarning qo'l 
ostida voyaga yetadi. 
Milliy tarbiya tizimida oila ma'naviyati, undagi ota-onaning 
o'rniga ajdodlarimiz alohida e'tibor berishganlar. Chunonchi, mil­
liy ma'naviyatning shakllanishiga beqiyos hissa qo'shgan, o'zbek 
oilalarida azaldan sog'lom turmush tarzi, muomala madaniyati 
mavjudki, bu, o'z navbatida ota-ona va farzandlar o'ziga xos ax-
loqiy qadriyatlarga munosabatlarida, ro'zg'orni saranjom tutish, 
o'ziga-o'zi xizmat ko'rsatish tamoyillarida o'z ifodasini topgan. 
Milliy an'analarimiz ichida bola tarbiyasiga doir urf-odatlar 
ayniqsa, muhim o'rin tutadi. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, 
xalqning sof holda ko'rinishi bolalarda namoyon bo'ladi. Qa-
chonki bolalarda milliylik o'lar ekan, bu millat o'limining bosh-
lanishini bildiradi. Tarbiyada milliylik qancha ko'p saqlanib qol-
gan bo'lsa, shu millat shuncha kuchli madaniyatga ega, ma'naviy 
boy hisoblanadi
1

Oiladagi to'g'ri tarbiya dastlab ota-onaning namunali, ular-
ning o'zaro iliq va samimiy munosabatlari orqali amalga oshirila-
di. Oiladagi ota-ona va boshqa oila a'zolarining gazeta va jur-
nallar, badiiy asarlarni o'qishi, ma'naviy-ma'rifiy ko'rsatuvlarni 
ko'rishi hamda ularga oilaviy munosabatlarini bildirishi yoshlar 
tarbiyasiga ijobiy ta'sir etadi. Oila o'rnini bosuvchi boshqa ijti-
moiy institut hali kashf etilgani yo'q. Oila shaxs, davlat, jamiyat 
va boshqa ijtimoiy institutlar o'rtasidagi munosabatlarda vositachi 
o'rnini o'taydi. Oilaning o'z vazifalarmi bajarishi avlodlar tari-
xiy izchilligining saqlanishi, shaxs va jamiyat rivojlanishi jamiyat 
taraqqiyotining muhim sharti hisoblanadi. Oilaviy tarbiya — bu, 
avvalo ota-onaning o'zini tarbiyalash demakdir. Ota va ona oila 
deb atalmish muqaddas qo'rg'onning ustunlari. Ular qanchalik 
1
Волков Г.Н., Баубекова Г.Д. Этнопедагогика.- Т.: Фан, 2000. 38-
бет. 
297 


pishiq va puxta bo'lsa, bu qo'rg'on ham shunchalik mustahkam-
lanib boraveradi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling