Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tinchlikparvarlik
Mehnatsevarlik — ijtimoiy foydali mehr at uchun o'z vaqti
va kuchini berishga tayyorlik holati. Mehnatsevarlik mehnatga bo'lgan ijobiy munosabatning namoyon bo'lishidir. Shaxs man- 287 faati nuqtayi nazaridan, mehnatsevar insonning o'z hayotida mu- vaffaqiyatga erishish garovi bo'lsa, axloqiy nuqtayi nazardan xalq farovonligini ta'minlash uchun zarur faoliyatdir. Mehnatsevar- likning yo'qligi va dangasalik esa nuqson sifatida qaraladi. Shu bilan birga, ishga haddan tashqari ruju qo'yish ijtimoiy manfaatlar nuqtayi nazaridan biroz qoralanadi ham. Bunday mehnat, ya'ni o'zaro munosabatlar evaziga mehnatga ruju qo'yish, shaxsning o'z egoistik maqsadi yo'nalishidagi faolligi deb qaraladi. Shuning uchun mehnatga baho berishda masalaning ma'naviy jihati us- tunlik qiladi. Tinchlikparvarlik — shaxs axloqi va ma'naviyatini belgilovchi fazilatlardan biri bo'lib, u urushlarga yo'l qo'ymaslik, davlatlararo nizo va mojarolarni siyosiy vositalar bilan hal etish, mamlakat ichidagi kelishmovchiliklarni tinch yo'llar bilan bartaraf qilish, inson huquqi va qonun ustuvorligini ta'minlash tamoyillarini ifo- dalovchi tushunchadir. Tinchlikparvarlikning yana bir ko'rinishi bu totuvlik bo'lib, 1) tor ma'noda — odamlar, oila, mahalla yoki guruh a'zolari ora- sidaga o'zaro ma'naviy-murosaviy munosabat; 2) keng ma'noda fuqarolarning ma'naviy-axloqiy mezonlari, xatti-harakatlari, hayotga munosabatlarida ko'zga tashlanadigan ma'naviy hodisa. Totuvlik jamiyatda turli xil ijtimoiy qatlam va guruhlarning turli millat, irq va dinga mansub kishilarning o'zaro munosabatlari- da, ularning muayyan davlat siyosatiga bo'lgan munosabatlarida hamfikrlilik tamoyili asosidagi umumiylikni anglatuvchi tushun- cha hamdir. Axloqiy me'yorlar ham inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Halollik - vijdon, adolat va burch kabi axloqshunoslik me- zoniy tushunehalari bilan bog'liq, insonning o'zgaga munosa- bati o'ziga munosabatidek sof, pokiza bo'lishini talab qiladigan axloqiy me'yordir. Dastavval u diniy tushuncha sifatida vujudga kelib, har bir musulmonning yemak-ichmagi, jinsiy va iqtisodiy xatti-harakatlari sifatini belgilab beruvchi shar'iy me'yor bo'lib amal qilgan, uning ziddi — harom diniy nuqtayi nazardan sal- biy hisoblangan xatti-harakatlarga nisbatan qo'llanilgan. Ko'rib o'tganimizdek, har bir diniy e'tiqodning asosida axloqiylik yota- 288 di va u ko'p hollarda ibodatdan baland qo'yilgan: solih banda- lar, «Qur'on»da aytilganidek, eng avvalo go'zal axloq egalaridir. Shu boisdan keyinchalik halollik nisbatan tor shar'iy qobiqdan chiqib, asta-sekinlik bilan shaxs hayotidagi eng qamrovli axloqiy me'yorga aylandi, teran ma'naviylik kasb etgani holda, kundalik hayotdagi insoniylikni belgilaydigan umuminsoniy fazilat bo'lib qoldi. Masalan, hozirgi kunda ixtisoslashgan mehnat taqsimoti- ning takomillashuvi, ilm-fan taraqqiyotining yuksalishi natijasida biz kasbiy halollik ilmiy halollik, iqtisodiy halollik va boshqalar haqida gapirishimiz mumkin. Insoniyat jamiyatida haromlik yoxud nopoklikning halollikka nisbatan kam uchramasligi doimo axloqshunoslarni tashvishga solib kelgan. Chunonchi, Imom G'azzoliyning harom yeyish haqida to'xtalib, mana bunday deyishi bejiz emas: «Chunonchi, Abdulla Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida, hayo- ni — dilni ravshan qiladurgan bir nurdirki, inson har vaqt shul ma'naviy nurning ziyosiga muhtojdir, u iffatning pardasi, vijdon- ning niqobi deb ataydi». Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling