Falsafa asoslari


Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Oila shartnomasini tuzishning axloqiy jihatlari. Bugun shid-
dat bilan rivojlanib borayotgan taraqqiyot zamonning o'zgarishiga 
unga mos ravishda jamiyat a'zolariga bo'lgan talablarning 
o'zgarishiga olib keldi. Shu munosabat bilan inson hayotiga, 
uning turmush tarziga turli darajada ta'sir ko'rsatuvchi yangi 
tushunchalar kirib kelayapti. Ayniqsa, xususiy mulkchilik paydo 
bo'lgach, tafakkurimizda, ongimizda juda ko'p o'zgarishlar ro'y 
berdi. Zamon talablariga javob berishning bir ko'rinishi sifatida 
turmush tarzimizga «Nikoh shartnomasi» degan atama ham kirib 
keldi. Aslida bu ko'proq G'arb olamiga xos bo'lib, u yerda turmush 
qurgan paytda er-xotin o'rtasida nikoh shartnomasi tuziladiki, bir 
yil yoki ikki yildan so'ng ajralishsa qancha tovon to'lanadi yoxud 
farzand bo'lsa yoki bo'lmasa qancha tovon to'lanishi va boshqalar 
lozimligi haqida oldindan kelishib olinadi. Yoxud o'rtadagi mulk 
kimga tegishli bo'lishi xususida avvaldan belgilab qo'yiladi. 
Nikoh shartnomalari (inglizcha «marriage kontrakt») hozirgi 
davrda G'arbiy Yevropa davlatlarida, AQSH, Kanadada keng om-
malashgan. Bu tadbir, dastlab ming yillar ilgari Gretsiya va Rimda 
kelib chiqqan, ya'ni erkak va ayol nikoh tuzishdan avval mulkiy 
munosabatlari — kelgusida orttiradigan mulk va meros masalalari 
haqida kelishuvni rasmiylashtirishgani haqida ma'lumotlar mav-
jud. Dastlab biz uchun g'ayritabiiy tuyilgan ushbu holat bugUn-
gi kunda hayotimizdan o'rin olmoqda. Bizning jamiyatimizda 
nikoh shartnomasi avvalo, mentalitetimizdan kelib chiqqan hol-
da, birinchi navbatda ayolni himoya qilishga qaratilgan. Chunki 
aksariyat ayollarimiz o'z haq-huquqlarini yaxshi bilishmaydi, 
ajrashmoqchi bo'lgan chog'ida bolalarini yetaklagancha, «uyingni 
yelkamning chuqUri ko'rsin» deb chiqib ketaverishadi. Bizning 
tushunchamizda erkak kishi mardlarcha bola-chaqasiga mol-
mulkni qoldirib (agar kelin-kuyov qaynona-qaynotasi bilan emas, 
307 


alohida yashayotgan bo'lsa) yelkasiga choponini tashlab chiqib 
ketishi lozim, deyiladi. Biroq ayrim hollarda buning aksiga duch 
kelayapmiz. 
Shu bois, bugungi kunda nikoh shartnomasi dolzarb masala 
hisoblanadi. Nikoh shartnomasining axloqiy ahamiyati shundaki, 
u mulkiy munosabatlarni tartibga solish orqali oilani mustahkam-
laydi, er-xotinni bir-biriga tegishli mulkdan to'g'ri foydalanish-
ga va uni yaxshi saqlashga, mulkiy majburiyatlarini o'z vaqtida 
bajarishga undaydi va shu bilan birgalikda fuqarolarning axlo-
qiy va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi, sud 
orqali mulkni bo'lishdek ko'ngilsiz tortishuvlarning oldini oladi. 
FHDYO xodimlari va notariuslar tomonidan huquqiy targ'ibot-
ning kuchaytirilishi, nikohlanuvchilarning nikoh shartnomalari 
qoidalari bilan tanishtirilishi kelgusida nikoh shartnomalarining 
rivojlanishi va oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajrimlarni bar-
taraf etish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling