15-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar
Axloqiy madaniyat. Madaniyat taraqqiyoti tarixida inson
madaniyati avvalo uning axloqiy madaniyati bilan belgilanganli-
gini kuzatish mumkin. Modomiki, axloqiy madaniyatda madaniy
taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, shu bilan birga, ayni uning
o'ziga xos xususiyatlari gavdalanar ekan, ularni madaniyat fal-
safasi negizida qarab chiqish mantiqan to'g'ri bo'ladi. Axlo
qiy madaniyat madaniyat turlari ichida keng qamrovliligi bilan
ajralib turadi. Axloqiy madaniyat jamiyat a'zolari tomonidan ax
loqiy tushuncha, tamoyil me'yorlar, ideallarni o'zlashtirish aso-
sida axloqiy kamolotga yetishishdir. Axloqiy madaniyat shaxsning
jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o'z tajribalarida
foydalanish, o'z-o'zini muntazam takomillashtirib borish singari
jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining
belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani
yuksaltirishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, shaxsni mas'uliyatli,
siyosiy jihatdan idrokli, axloqan рок va ma'naviy barkamol
bo'lishida axloqiy madaniyatning ahamiyati katta bo'lib, u inson
faoliyatining barcha soha va tarmoqlari bilan bog'liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: