Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tayanch tushunchalar: oila, nikoh, munosabat, qonun, oila 
psixologiyasi, davlat, ota-ona, farzand, oila nomusi, yoshlar tarbi-
yasi, ma'naviy, axloqiy, ijobiy, salbiy, oqibat, oilaviy muhit, ta-
moyil, psixologiya, milliy, oila shartnomasi, kamolot, an'anaviy, 
noan'anaviy, tarbiya. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Nikoh va uning mohiyatan axloqiy munosabat ekanini qan-
day asoslay olasiz? 
2. Nikoh va muhabbatning o'zaro munosabatlari haqida qan-
day fikrdasiz? 
3. Oilaning ijtimoiy-ma'naviy muhit sifatidagi mohiyati. 
4. Oila, jamoa va jamiyatdagi namunaviylik tamoyilining ax-
loqiy tarbiyaga ta'siri. 
5. Nikoh va oilaga doir milliy qadriyatlar haqida gapiring. 
6. Yoshlar psixologiyasida oilaga munosabatning ma'naviy-
axloqiy jihatlarini izohlang. 
7. Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta'minlashdagi 
o'rni qanday? 
308 


15-mavzu. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar 
Axloqiy madaniyat. Madaniyat taraqqiyoti tarixida inson 
madaniyati avvalo uning axloqiy madaniyati bilan belgilanganli-
gini kuzatish mumkin. Modomiki, axloqiy madaniyatda madaniy 
taraqqiyotning umumiy qonuniyatlari, shu bilan birga, ayni uning 
o'ziga xos xususiyatlari gavdalanar ekan, ularni madaniyat fal-
safasi negizida qarab chiqish mantiqan to'g'ri bo'ladi. Axlo­
qiy madaniyat madaniyat turlari ichida keng qamrovliligi bilan 
ajralib turadi. Axloqiy madaniyat jamiyat a'zolari tomonidan ax­
loqiy tushuncha, tamoyil me'yorlar, ideallarni o'zlashtirish aso-
sida axloqiy kamolotga yetishishdir. Axloqiy madaniyat shaxsning 
jamiyat axloqiy tajribalarini egallash va ulardan o'z tajribalarida 
foydalanish, o'z-o'zini muntazam takomillashtirib borish singari 
jihatlarni qamrab oladi; shu bilan shaxs axloqiy taraqqiyotining 
belgisi hisoblanadi hamda davlat va jamiyatdagi axloqiy darajani 
yuksaltirishga xizmat qiladi. Darhaqiqat, shaxsni mas'uliyatli, 
siyosiy jihatdan idrokli, axloqan рок va ma'naviy barkamol 
bo'lishida axloqiy madaniyatning ahamiyati katta bo'lib, u inson 
faoliyatining barcha soha va tarmoqlari bilan bog'liqdir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling