Falsafa asoslari


Davlatning oila tinchligi va barqarorligini


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta'minlashdagi o'rni. 
Jamiyatning tinchligi, barqarorligi, taraqqiyoti yoki tanazzuli, torn 
ma'noda aytganda ekzistensiyasi, ya'ni mayjudligini ta'minlovchi 
ijtimoiy me'yorlar yaralishiga ko'ra moddiy-iqtisodiy, siyosiy-ijti-
moiy omillar bilan belgilanishi mumkin, ammo uning avloddan-
avlodga uzluksiz o'tib borishining birlamchi negizi avvalo tarbi-
yadir. 
«Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma'naviy 
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; 
insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlar-
ga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar 
yig'indisi. Odam va jamiyatning mayjudligini ta'minlaydigan 
qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga o'tadi»
2

Demak berilgan ta'rifdan ham bilsa bo'ladiki, insoniyatning bu-
1
Adliya vazirligining t/mehuquqiy axboroti. 
2
O'zbekiston milliy enseklopediyasi. 8-jild. - Т.: O'zbekiston milliy 
enseklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. -272 b. 
305 


tun borlig'i, ekzistensial mohiyati tarbiya tufayli ro'yobga chiqadi 
va voqelikka aylanadi. 
Yosh avlodning, umuman jamiyat a'zolarining tarbiyasi bilan 
yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg'unlik va inqirozga 
mahkum. Buni hech kim inkor qila olmaydi. O'zbekistonning 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Ma'lumki, o'zbek xalqi 
azaldan o'zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi. 
Albatta, farzandga mehr qo'yish, ularning qornini to'q, ustini but 
qilish o'z yo'li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog'idan bosh-
lab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma'naviyat asosida voyaga 
yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu 
masalaga e'tibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun 
jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ham ko'pgina hayotiy 
misollarda ko'rish mumkin»
1
, deganida haqli edi. 
E'tibor bersak xalqimizning lug'at boyligida inson tarbiyasi bi­
lan bog'liq bir qator so'z va iboralarni uchratamiz: aqliy tarbiya, 
ruhiy tarbiya, axloqiy tarbiya, ma'naviy tarbiya, g'oyaviy tarbiya, 
siyosiy tarbiya, ijtimoiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya 
va hokazo. Diqqat bilan nazar solinsa tarbiyaning aksariyat shakl-
lari torn ma'noda kishining ma'naviy tarbiyasiga qaratilganini 
ko'rish mumkin. Ma'naviy tarbiya negizini esa birinchi navbatda 
aqliy, ruhiy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish tashkil etadi. 
Jamiyatimiz, xalqimiz ongi bunday salbiy tushunchalardan 
xoli. Farzand tarbiyasi xalqimizning o'z qo'lida. Biroq jamiyat-
ning, hayotning bugungi jadal rivoji, munosabatlarning tezligi 
ba'zan kishini chalg'itib, muhimni-nomuhimdan ajratib olishida 
qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Bizni o'rab turgan muhitda tarbi-
yaga ta'sir e'tuvchi omillar salmog'i ortib bormoqda. Masalan, 
televideniya va radio, kino va video mahsulotlari, turli reklama 
afishalari, internet kabilar shular jumlasidandir. 
Bugungi g'oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning, chetdan kirib 
kelayotgan turli tahdidlarning nishoni ham birinchi navbatda 
yoshlar, ya'ni ularning ongi va qalbini egallash. Agarki, ota-ona-
1
Karimov LA. Yusak ma'naviyat — yengilmas kuch. — Т.: Ma'naviyat, 2008. 
- B. 55-56. 
306 


lar saodatli umr kechirishni istasa, xalq kelajagi porloq bo'lishini 
o'ylasa, mamlakat tinchlik va barqaror taraqqiyotni maqsad qil-
gan bo'lsa tarbiya, tarbiya va yana tarbiya masalasi dolzarb bo'lib 
qolaveradi. Zero, ulug' ajdodimiz A.Avloniy ta'kidlaganidek: 
«Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat, 
yo saodat — yo falokat masalasidir». 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling