Falsafa asoslari
Muomala madaniyati va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy axloqiy qadriyatlar.
- diniy qadriyatlar
Muomala madaniyati va uning ijtimoiy-tarixiy ahamiyati. Ax
loqiy madaniyatning muomala odobi, etiket, kasbiy odob kabi tarkibiy qismlari mavjud bo'lib inson hayoti, faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Muomala madaniyati axloqiy madaniyat ning tarkibiy qismidir. «Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida insonning kundalik faoliyatida hamda insonlararo munosabatlarga nisbatan bevosita yoki bilvosita qo'llaniladi. Muomala madaniyati keng ma'noda insonning butun hayoti va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jarayon bo'lib, u oilada, jamiyatda, jamoada shakllanadi. Muomala madaniyati inson ning ijodiy kuchi va aqliy qobiliyati, tafakkur salohiyati va dun- yoqarashining muayyan darajasi hisoblanadi. Muomalaning «madaniyat» atamasi bilan bog'liqligi ham uning ma'naviy hayot sohasiga daxldorligidadir. Muomala — bu insonlar o'rtasidagi aloqalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi hamda ularning hayot 309 faoliyatidagi ehtiyojning murakkab jarayoni bo'lib, o'zga kishilar bilan ma'lumot almashish, ularni tushunish va idrok etishning hamkorlikdagi strategiyasidir. Muomala madaniyatida xushfe'llik, xushmuomalalik, hayo- ibolilik, beozorlik, shirinso'zlik, ochiqko'ngillik singari axloqiy me'yorlar muhim sanaladi. Muomala odobi boshqa kishilarning qadr-qimmatini, izzatini joyiga qo'yish bo'lib, ko'pchilik oldida bir kishiga aytiladigan gap boshqalarni noqulay ahvolga solib qo'yadi. So'zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatini tashkil etadi. Asosiy axloqiy qadriyatlar. Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo'lib, kishilarning amaliy faoliyati jarayonida shakllanadi va rivojlanib boradi. Qadriyatlar kishilarning turli sohalardagi, av- valo, ishlab chiqarishi, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmuyi bilan bog'liq holda yu- zaga keladi. Axloqiy qadriyatlar esa har bir kishi, millat, elat, xalqning iqti- sodiy, siyosiy, huquqiy, ma'naviy-madaniy, kundalik maishiy tur- mush faoliyatida nisbatan turg'un, barqarorlik kasb etib, o'zligini bildirib, namoyon etib nihoyatda qadrlanadigan, ardoqlanadigan yuksak darajada shakllangan axloqiy sifat va fazilatlardan iborat. Axloqiy qadriyatlarga insonparvarlik, jamoatchilik, adolat, qonuniylik, vatanparvarlik, xushmuomalalik va odoblilik, oddiy- lik va kamtarlik, halollik va rostgo'ylik, ochiq ko'ngillik va mard- lik, saxiylik va muruvvatlilik, o'zaro hurmat, do'stona munosa- bat, samimiylik, sabr-qanoat, hayolilik va pokizalik, homiylik va saxovat, fidoyilik, sadoqat, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, sihat-salomatlik, jasurlik va boshqalar kiradi. Axloqiy qadriyatlarni quyidagicha tasniflash mumkin: 1. Axloqiy qadriyatlarni ng mazmuniga ko'ra burch, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, sabr-qanoat, kamtarlik, sobitqadamlik, rostgo'ylik va hokazolarga; shakliga ko'ra esa ijobiy yoki salbiy, ya'ni yaxshilik va yomonlik, adolat va adolatsizlik, baxt va baxt- sizlik, hayo va behayolik kabilarga ajratish mumkin. 2. Axloqiy qadriyatlarni amal qilish doirasiga ko'ra: 310 — shaxsiy axloqiy qadriyatlar — kasbiy burchni bajarish, sevgi- siga sadoqatli bo'lish, halol rizq topish, so'zining ustidan chiqish, oila sha'nini saqlash, haromdan hazar qilish; — milliy axloqiy qadriyatlar — mehmondo'stlik, kattalarga nis- batan hurmat, saxovat, homiylik, ota-onani e'zozlash, bolajonlik va hokazolar; — mintaqaviy axloqiy qadriyatlar — do'stlik, yaxshi qo'shnichi- lik, bag'rikenglik, mehmondo'stlik, o'zaro hurmat va boshqalar; — umuminsoniy axloqiy qadriyatlar — insonparvarlik, adolat- parvarlik, vatanparvarlik, o'zaro hurmat, qonuniylik, jamoatchilik kabi turkumlarga bo'lish mumkin. 3. Axloqiy qadriyatlarni axloqning tarkibiy tuzilishiga ko'ra: — axloqiy ongda barqaror shakllangan ma'naviy-axloqiy qadri- yatlar: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayot- gan kodekslar, normalar, tamoyillar, mafkuraviy g'oyalar. Ma- salan, «Harbiy qasamyod», «Shifokor qasamyodi», «Ichki ishlar idoralari xodimlarining kasb odobnomasi» va h.k; — axloqiy amaliyotda bevosita qo'llaniladigan axloqiy qadri- yatlar: yaxshilik yoki yomonlik, adolat yoki razolatdan iborat maqsadni ko'zlab, uni amalga oshirishning ixtiyoriylik yoki maj- burlash vositalarini qo'llab pirovard natijaga olib keluvchi qadri- yatlar; — axloqiy munosabatlar tufayli zohir bo'ladigan axloqiy qadri- yatlar: burch, shartni bajarish, halollik, saxiylik, kamtarlik, udda- buronlik, tadbirkorlik, kelishuvchanlik, murosa va hokazolarga ajratish mumkin. Yangi axloqiy qadriyatlar yuzaga kelishi O'zbekistonda huqu- qiy demokratik davlatni qurish, fuqarolik jamiyatini shakllanti- rishda axloqiy qadriyatlar barcha fuqarolarni, millati, dini, tili, irqidan qat'i nazar o'zbek xalqi o'zining milliy axloqiy qadriyat- lari — sabr-qanoat, jamoatchilik, o'zaro yordam, saxovat, tinch- likni ardoqlash, shukronalik kabi axloqiy fazilatlarini namoyish qilish orqali tinch-totuv yashashga chorlaydi va uni ta'minlaydi. Qadriyatlar tizimida diniy qadriyatlar ham muhim o'rin tutadi va ular axloq, axloqiy qadriyatlar bilan uzviy bog'liq. Diniy qad- riyatlarning mavjudligi diniy ta'limotlarga asoslansa-da uning 311 rivojlanishi jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-ax- loqiy taraqqiyoti bilan mustahkam bog'langan. Ular xalqimizning turmush tarzi va jamiyat hayoti uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mustaqillik yillarida buyuk bobokalonlarimizning ma'naviy merosini tadqiq etish, asarlarini nashr qilish, yubileylarini ni- shonlash mamlakatimizda odat tusiga kirib, millatimizning har tomonlama uyg'onib, kamol topishiga keng imkoniyat yaratmoq- da. Xususan, islom falsafasi asarlarini, diniy ulamo va allomalar- ning merosini nashr qilish, o'rganish, targ'ib etish xalqimizni is- lomiy qadriyatlardan bahramand qilishga katta yo'l ochdi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling