Falsafa asoslari
Bioetika — amaliy etikaning nazariy
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Bioetika — amaliy etikaning nazariy asosi. Texnik va texnologik
jihatdan rivojlangan zamonda ilm-fan rivoji jamiyatning barcha sohalariga ta'sir etib qolmasdan iloj yo'q. Taraqqiyot biokimyo, biofizika, bioetika kabi yangi fanlarni yuzaga keltirdi. «Hozir gi zamon fanida bioetika tirik mayjudotlar shu bilan birga, in- songa ham bo'lgan munosabatlarning axloqiy regulyativi deb qaraladi. Bioetikani maqsadlaridan biri shaxsni turli holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti-harakati ruhiyatini o'zgartirish mumkin bo'lgan, lining ustidan o'tkazilayotgan xil- ma-xil tadqiqotlarni cheklash mezonlarini ishlab chiqadi» 1 . «Bioetika» atamasini amerikalik mashhur onkolog shifo- kor, olim va insonparvar Van Ranseler Potter (1911—2001) il- miy muomalaga kiritdi. «Bioetika» atamasini Potter «Bioetika — kelajakka ko'prik» deb atalgan mumtoz kitobida birinchi marta qo'llagan. Potterning asosiy g'oyasi yer yuzida hayotni saqlab qolish muammolarini hal qilish uchun gumanitar fanlar va bi- ologiya fanining sa'y-harakatlarini birlashtirishni nazarda tuta- di. Potterning fikriga ko'ra, bioetika insoniyatning yashab qo- lishini ta'minlash va butun kishilik jamiyatining sog'liqni saqlash uchun tibbiyot etikasi bilan atrof-muhit etikasi (ekoetika)ni jahon miqyosida birlashtiruvchi ko'prik bo'lishi lozim. «Bioetika» tushunchasi insonning butun tiriklikka munosaba- tini ko'rib chiqadigan masalalar sohasini nazarda tutadi. Biologiya va tibbiyot sohasidagi bilimlarning taraqqiyoti, tibbiyot yangi im- koniyatlarinmg rivojlanishi an'anaviy etika ilgari duch kelmagan muammolarni keltirib chiqardi. Amalda bioetika amaliy etikaga aylandi ya asosiy e'tiborni amaliy tibbiyotning axloqiy muammo- lariga qaratdi. 1 Falsafa qomusiy lug'ati. - Т.: Sharq, 2004. - 56 b. 318 Bugungi kunda zamonaviy bioetikaning eftanaziya, klon- lashtirish, abort bilan bog'liq muammolari mavjud. Yaratuvchanlik va bunyodkorlik fazilati Alloh yaratgan bar- cha jonzotlar ichida eng mukarrami hisoblangan insonga ko'proq berilgan. Ba'zida esa fazilatni o'rnini o'ziga bog'liq holda buzg'unchilik illati egallab oladi. Bu holat individ darajasidan inson darajasiga shakllanayotgan ona qornidagi bolaga nisbatan ayolni o'ziga bog'liq va bog'liq bo'lmagan holatlarda homilaning rivojlanishini sun'iy yo'l bilan to'xtatish (abort) bilan bog'liq holat- lar tibbiy axloqiy muammo sifatida bugungi kunda juda ham ko'p uchrab turadi. Masalan, «Yevropada uchta mamlakat Shimoliy Irlandiya, Malta va Irlandiya Respublikasida abort taqiqlangan. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, abortlar soni tug'ilishlar sonidan kam emas. Ba'zi mamlakatlarda esa qayd etilgan abortlar soni tug'ilishlardan ko'p. Rossiyada ba'zi tug'ruqxonalar abort miq- dorining keskin ortishi tufayli ruhoniyga yordam so'rab murojaat qilishgan. Hatto shifokorlar ayollarga operatsiyadan oldin rohib bilan suhbatlashishni shart qilib qo'yishmoqda. Shuning ta'sirida abortdan voz kechganlar soni ortgani ta'kidlanmoqda» 1 . Bioetika tadqiqotlar sohasi, ijtimoiy munozaralar va axloqiy qarorlar qabul qilish maydoni sifatida mamlakatimizda o'zining dastlabki qadamlarini tashlamoqda. Jahonning ko'pgina atoqli mutafakkirlari insoniyat yangi ming yillikda yashab qolishi uchun vayronkor an'analar va ajralishdan yangi umumbashariy dunyo- qarashga yo'l topishi zarurligini ko'rsatmoqda. Ularning maz- kur qarashlari Xalqaro Insonparvarlik Akademiyasi tomonidan 2000-yilda chiqarilgan insonparvarlik manifestida aks ettirildi. Unda quyidagi so'zlar bor: «Yangi dunyoqarash inson huquqlarini himoya qilishi, insonning erkinligi va qadr-qimmatini yanada oshirishi, Shuningdek, bizning butun insoniyat oldidagi majburi- yatlarimizni qayd etishi lozim». Tayanch tushunchalar: muomala odobi, axloqiy madaniyat, kasbiy odob, sog'lom turmush, san'at, «omm; viy madaniyat», tib- 1 Qarang: Узбекистан. Общая оценка страны. ООН. 2003. -3 с. 319 biy tarbiya, ekologiya, ekologik tarbiya, qadriyat, bioetika, yuksak axloq, barkamol avlod, kosmopolitizm, dunyoqarash, texnologi- ya, madaniyat, texnika, shaxs. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling