Falsafa asoslari
Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Yuksak axloqni tarbiyalashda texnologiyaning ijobiy va salbiy
ta'siri. XX asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera, ya'ni texnikaviy muhit paydo bo'ldi, insoniyat «tabiat-jamiyat-inson-texnika» munosabatlari uyg'unligining yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo'ydi. Bu tarixiy davr o'z real imkoniyatlari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qo'ymoqda. Texnika qudrati oshgan sayin unga moslashish, u bilan hamkorlik ham murakkablashib bormoqda. Avtomatlashtirilgan aqlli mashina bilan hamkorlik jarayonida ularga bo'lgan munosabat o'zgarib bormoqda. Ya- qin-yaqingacha inson texnikani nazorat qilardi, ammo u murak- kablashib borgan sayin ishlash prinsipini tushunish qiyinlashib, harakatlarini bilish murakkab bo'lib bormoqda. Kompyuter, mo- bil telefonlar paydo bo'lganidan buyon inson jahldor va asabiy bo'lib borayotgani tadqiqotchilar tomonidan ta'kidlanmoqda. Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o'rni va rolini to'xtatish, inkor etish mumkin emas. Shunday ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning yangidan- yangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega bo'lishi taqozo etiladi. Ayni paytda inson ma'naviyatining sub- stansiyasi, ijodiy kuch quvvati va o'z o'rnida har bir inson ijodiy quvvatining in'ikosi bo'lgan mehnatda texnikaning o'rni va aha- miyati ortib borayotgani barchaga ma'lum. Texnika rivojining ko'p yillik tarixi bizni ng texnik bilimlari- miz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson ehtiyoj- lari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammallashib 317 т borishini ko'rsatmoqda. «Inson va mashina» munosabatlari to- bora yangicha mazmun kasb etib bormoqda. Ammo har qan- day rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni insonsiz hal eta olmaydi. Mamlakat taraqqiyoti taqdirini texnikaviy bilimi, hozirgi zamonning murakkab texnologiyalarini egallash bilan birga ma'naviy jihatdan yetuk, barkamol odamlar hal qiladi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling