Falsafa asoslari


Ulug'vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Ulug'vorlik kategoriyasining falsafiy mohiyati. Ulug'vorlik — 
insonning narsa-hodisalarga estetik va axloqiy mezonlar bilan 
yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg'usini hosil qiluv-
chi ma'naviy hodisa. Ulug'vorlikning ko'lami go'zallik ko'lami 
kabi cheksiz bo'lib, o'zida hajm, miqdor, ko'lam va buyuklikni 
mujassam etadi. Shuning uchun ulug'vorlik muhokamasi yuk-
sak darajada madaniyatni talab qiladi. Ulug'vorlik tabiat, jami-
yat, inson va uning faoliyati mahsulotlarida namoyon bo'ladigan 
ma'naviy-axloqiy tushunchadir. Ulug'vorlik belgisiga ega bo'lgan 
barcha narsa va hodisalarga xos bo'lgan umumiylik — me'yoriy 
barkamollikdir. 
Tabiatdagi ulug'vorlik baland tog'lar, qudratli sharsharalar, 
cheksiz okeanlar, mavj urayotgan dengizlar, tubsiz osmon va h.k. 
timsolida namoyon bo'ladi. Bu yerdagi umumiylik — ularning 
keng ko'lamligi, ulkanligi, buyukligi va tuganmasligidir. Tabiat-
dagi ulug'vorlik insonda o'zidagi zaiflikni emas, balki tabiat bilan 
qo'shilib ketishga intilish hissini uyg'otadi va kuchli ta'sir etadi. 
Tabiatdagi ulug'vorlik ruhimizga hayrat, hayajon va jo'shqinlik 
bag'ishlaydi. Tabiatdagi ulug'vorlik matematil: va dinamik xususi-
yatga ega. Matematik xususiyatida - hajm, dinamik xususiyatida 
— kuch ustuvor ahamiyatga ega. 
333 


Jamiyatdagi ulug'vorlik milliy va umuminsoniy qadriyatlar, 
xalqparvarlik va bunyodkorlik tushunchalari bilan izohlanadi. 
Barqarorlik, farovonlik, adolat, qonun ustuvorligi, hurfikrlilik 
jamiyat ulug'vorligini ta'minlovchi mezoniy tushunchalardir. 
San'atdagi ulug'vorlik teatr, kino va badiiy adabiyotdagi fojia-
viylik bilan yonma-yon turadi. Bunday ulug'vorlik badiiy maz-
mun va shaklning barcha imkoniyatlari vositasida ifodalanadi, 
lekin bunda hal qiluvchi rolni g'oya o'ynaydi. Muhim ahamiyatli 
g'oya yuksak ruhlangan, mukammal shaklning zarurligini yuzaga 
keltirib, san'at asari darajasining yuksakligini belgilab beradi. 
Ulug'vorlik hissi o'z-o'zidan quvonch, hayratlanish, ehtirom, 
tan berish tuyg'ularini o'z ichiga qamrab oladi, ruhiy ko'tarinkilik 
bag'ishlaydi. Ulug' ishning tagzamini esa niyatning, maqsadning 
ulug'vorligidir. Masalan, Amir Temur ulug' saltanat qurish soha-
sida ulug'vorlik namunasini ko'rsatgan bo'lsa, Nizomiddin Mir 
Alisher Navoiy turkiy tilda jahonshumul badiiy asarlar yozib, 
o'z xalqining ma'naviy olamini yuksaklikka ko'tardi, ona tilin-
ing qudratini baralla namoyish eta oldi. Shu kabi ilmiy kash-
fiyotlari bilan jahonga nomi ketgan Abu Rayhon Beruniy, Abu 
AH ibn Sinolar ham ulug'vorlik shohsupasidan o'rin olgan. Bu 
zotlar ilmu fan, hikmat va ijod pahlavonlari, Sharq Uyg'onish 
davrining buyuk siymolari sifatida hozir ham bizga ibratdir. 
Ulug'vorlik tuyg'usiga faqat miqyos o'lchovi bilan erishilmaydi. 
Agar ayrim obidalar, masalan, Bobil minorasi, Minorai Kalon, 
Misr ehromlari va shu kabilar o'zlarining miqyos ko'lami bilan 
hayron qoldirsa, boshqalari o'zining nafisligi, nozik ifodali rang-
lar, qismlar hamohangligi, atrof-muhit bilan uzviy qo'shilib ket-
ganligi bilan alohida ahamiyat kasb etgan (Go'ri Amir, Shohi-
zinda, Mustaqillik maydoni, Ichanqal'a, Registon maydoni, Mir 
Arab madrasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi va b.). Mustaqillik 
yillarida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari tu-
fayli ulug'vorlik kasb etayotgan obidalar jahonga yuz tutmoqda. 
Mamlakatimizda Amir Temur, Ulug'bek, Navoiy kabi ajdodla-
rimizga haykallar qo'yildi. Shu kabi Mustaqillik maydoni, unda 
qad ko'targan ramzlar, Baxtiyor ona haykali ham ulug'vorlikka 
misoldir. 
334 


Demak, ulug'vorlik tarix, xalq, millat, ozodlik, mardlik, fi-
doyilik bilan hamohangdir. U insonning orzu-armonlari, ideal-
larini aks ettiradi va rivojlantiradi, buyuk ishlarni amalga oshi-
rishga chorlaydi, yaratuvchanlik va ijodkorlikka ilhomlantiradi, 
hayotga ma'no-mazmun bag'ishlaydi, inson zotining ma'naviy 
kamolotiga xizmat qiladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling