Falsafa asoslari
Maishiy turmush estetikasi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Maishiy turmush estetikasi. Turmush bu ijtimoiy hayot soha-
siga oid tushuncha bo'lib, u inson, millat va xalqning yashash tarzi, urf-odatlar, rasm-rusum majmuyi, obyektiv reallik, moddiy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, sog'liqni saqlash, shuningdek, ma'naviy qadriyatlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirishdan iborat. U azaldan madaniy qadriyatlarni vujudga keltiradigan va asraydigan muhim makon bo'lib kelgan. Turmush madaniyati inson hayoti va ijtimoiy muhitda iqtisodiy, ijtimoiy, estetik mezonlarni ko'rsatish bilan birga estetik madaniyatni ham shakllantiruvchi hodisadir. Turmush madaniyatining o'ziga xosligi mehnat, oila, Vatan, kattalarga hurmat, o'zini tutish me'yorlari kabi tabiiy, sodda ammo, asosiy qadriyatlarni singdirishida namoyon bo'ladi. Tur- mushga singgan qadriyatlar nisbatan mutlaq bo'ladi, juda kam o'zgaradi. Ushbu fazilatlar, qadriyatlarni har bir shaxs o'zi bilan oilasiga olib o'tadi va uning abadiyligini ta'minlaydi. Turmush estetikasi dizayn, ekoestetika, atrof-muhit estetikasi, estetik tar- biya bilan bevosita bog'liq bo'lib, moddiy va badiiy madaniyatni integratsiyalashning eng ta'sirchan vositalaridan biridir. Turmush estetikasi insonni voqelikka estetik munosabatini namoyon etadigan sohalardan bo'lib, u bevosita tashqi ko'rinishi, kiyinish va muomala madaniyati, narsa va buyumlarga, turar joylariga munosabatini aks ettiradi. O'z o'mida insonni o'rab turgan narsa va buyumlar olamining go'zalligi inson hayotining uyg'unligini ta'minlaydi va uni estetik tarbiyalaydi. Turar joyi, tashqi ko'rinishi, kiyim ko'rkamligi orqali inson yashayotgan, mansub bo'lgan jamiyat haqida estetik tasavvur olish mumkin. Va aksincha turmushda tartibsizlik, palapartishlik estetik madaniyat pastligidan dalolat beradi. Turmush estetikasining insonni o'rab turgan narsa va buyum- lar, turar joylariga munosabatini o'z ichiga oladi. Insonning dizaynerlik, ijodkorlik qobiliyatlari dastavval turmushda shakl- lanib boradi. Bunda malum bir xalqning tarixi, mentaliteti, 346 avvaldan shakllanib kelgan turmush tarzi muhim o'rin tuta- di. Kiyinishidan tortib, oilaviy an'analar, oilaviy makongacha bo'lgan hodisalarda odamlarning narsalar dunyosiga, go'zallik va ulug'vorlik orqali qarashlari, estetik didga, ijtimoiy ideallarga o'ziga xos munosabatlari namoyon bo'ladi va bu pirovard natijada turmush madaniyatining yuksalishiga xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida madaniy-hordiq infrastrukturasidagi is- lohotlar, bolalar uchun sport maktablari, madaniyat saroylari va barkamol avlod saroylari, fitnes klublar, tikish-bichish, kasb-hu- nar o'rganish bilan bog'liq to'garaklar aholi turmush estetikasiga ijobiy ta'sir ko'rsata boshladi. «Ma'lumki, aholining turmush sha- roitini yaxshilash, hayotdan rozi bo'lib yashashiga erishish bu- gungi zamonaviy davlatchilik taraqqiyotidagi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Yaqinda ayni shu ko'rsatkichlar bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko'magida AQSHning Kolumbiya universiteti sotsiologlari tomondan ijtimoiy so'rov va tadqiqotlar o'tkazilib, shu asosda «Butunjahon baxt indeksi»ning («World Happi ness index») yangi reytingi e'lon qilindi. Diqqatga sazovor jihati shundaki, ushbu ro'yxatda O'zbekiston 158 mamlakat orasida 44-pog'onada, Mustaqil Hamdo'stlikka a'zo mamlakatlar orasida birinchi o'rinda qayd etildi» 1 . Turmushning ijtimoiy-estetik mohiyatini tahlil qilish uch nar- saga e'tibor berishni taqozo qiladi. Bular — inson hayot kechira- digan rang-barang predmetlar olami; insonning boshqalar bilan muloqotda o'zligini namoyon qilish holatlari; insoniy munosa- batlarning odob-axloqda aks etish imkoniyat va xususiyatlari. Bulardan birinchisi bevosita dizayn bilan bog'liq. Turmush estetikasining muhim jihati insonni o'rab turgan narsa va buyumlar yaratish va unga bo'lgan munosabatida aks etadi. Qadimgi odamlar turli narsalardan loy, yog'och, tosh va tabiatning boshqa predmetlaridan o'ziga xos mo'jizalar yaratgan- ligi ma'lum. Bu narsalar dizayn faoliyati jarayonida yaratila borib turmush madaniyatining muhim xususiyatini tashkil qiladi. 1 Karimov LA. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo'lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir. - Т.: O'zbekiston. 2015. -12 b. 347 Inson turmush estetikasining muhim tarkibiy qismlaridan biri insonning kiyinishi bilan bog'liq bo'lib bu modaga borib taqa- ladi. Ma'lumki, moda deganda tashqi madaniyat shakllarining vaqti-vaqti bilan qisman o'zgarish va takrorlanib turishini tushu- namiz. Bunday takrorlanishlar va o'zgarishlar iqtisodiy, ma'naviy, axloqiy, estetik omillar kabi ijtimoiy asosga ega bo'ladi. Modani asosiy ko'pchilik e'tirof etadi, u o'zini faqat kiyinishda emas, ish- lab chiqarishda ham, siyosatda ham, san'atda ham, fanda ham, hatto mafkurada ham namoyon qila oladi. U ijtimoiy-estetik me- zon sifatida baholash xususiyatiga ega va shu bilan odamlarga nima kerakligini belgilab beradigan hukmron didga aylanadi. Moda odamlarning yashash tarzidan (uslubidan) kelib chiqib, do- imiy ravishda o'zgarib boradigan hayot mazmuniga mos shaklni taklif etadi. Zotan u ommaviy estetik didning darajasi va o'ziga xosliklarini zamon ko'zgusida aks ettirish xususiyatiga ega. Shu jihatdan u, yuqorida aytib o'tganimizdek, o'zgaruvchanlik tabi- atiga ega. Inson qaddi-qomatiga estetik ko'rinish berishi bilan ham es- tetik taassurot qoldira oladi. Inson chehrasi va tanasining tabiiy tuzilishiga oid ba'zi nuqsonlarni kosmetika, jismoniy tarbiya va tibbiyotning ayrim sohalari yordamida «tartib»ga keltirish mum- kin. Biroq bu yerda me'yor asosiy mezon hamda ijtimoiy ong darajasi bilan bevosita bog'langan bo'lishi lozim. Bugungi kun- da estetik jarrohlik insonga «kosmetik bezak» bermoqda, «chi- roy» baxsh etmoqda, o'ziga ishonchni orttirmoqda. Ammo, qalb go'zalligi insoniy go'zallikning asosi bo'lishi lozim. Shu bois tur- mush estetikasi shaxs badiiy-estetik madaniyatini shakllantirish- da asosiy ijtimoiy manba va omil bo'lib xizmat qiladi. Inson faoliyatining barcha shakl va mahsulotlariga estetik sa- lohiyat xos bo'lganligi bois turmush uning estetik gavdalanishini mazmundor qiladi va rang-baranglashtiradi. Bu o'rinda dizayn- ning turmush estetikasiga ta'sirini alohida ta'kidlash joiz. Shu ma'noda insonni qurshagan predmet va narsalar muhiti uyg'unlik, shinamlik va qulaylik xususiyatlari bilan insonda zavq, ko'tarinki kayfiyat, xotirjamlik kabi hissiyotlarni uyg'otishi; insonga o'z ha- yotidan mamnunlik uyg'otishi, ruhiy muammolar yechimini hal 348 etishda yordam berishi mumkin. Binobarin, me morlar, amaliy san'at namoyandalari, dizaynerlar, umuman ijodkorlar bu estetik qulayliklarni nafaqat moddiy balki insonning ma'naviy ehtiyojla- rini qondirish maqsadida yaratadi. Turmush estetikasi inson faoliyati sohalari, narsalar olami, in- teryerning tarkibiy qismlari, uning shakllanish qonuniyatlari, ish joylar muhitini shakllantirish kabi masalalarni hal etishda zamo- naviy ilm-fan bilan bog'liq bo'lib yangi texnik va texnologik ish- lanmalar, dizaynga tayanadi. Narsa va buyumlarni qulay, shinam joylashtirish va ulardan to'g'ri foydalanish kundalik hayotimiz yuqori turmush madaniyatiga daxldor bo'lib bormoqda va ijti- moiy hayot markazida turibdi. Mamlakatimizda yoshlarning mehnat va estetik tarbiyasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Ko'eha, mahalla va turaf joylarni bezashda maktab, litsey va kollej talabalari qatnashmoqda. Shu orqali yoshlarning voqelikka estetik munosabatini shakllan- tirishga katta e'tibor berilmoqda. Ayniqsa, «Barkamol avlod» bolalar markazlarida o'lkashunoslik va ekologiya, dizaynerlik to'garaklarining mavjudligi bolalarda dizaynerlik qobiliyatining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bolalarning dizaynga oid bilim va ijodiy tafakkuri boyib bormoqda, dizayner- lik kasbining dastlabki ko'nikmalari shakllanmoqda. Allomalarning insonda hamma narsa go'zal bo'lishi kerak, degan ta'rifi shu o'rinda o'z ma'nosini ko'rsatadi. Kiyim-ke- chak, libos, narsa va buyumlar nafaqat moddiy, shu bilan birga, badiiy-estetik ahamiyatga ham ega predmetlar majmuyi bo'lib, insonning tashqi qiyofasi, didi, o'ziga bahosi, ixtisosligi, ijtimoiy mavqeini ham gavdalantiradi, bugina emas, tashkiliy va ruhiy vaziyatni ham ifodalaydi. Va nihoyat, kiyim-kechak, libosning yarashiqli, narsa, predmetlarning ko'rkamligi kishilarda muay- yan estetik mamnunlik va xushnudlik uyg'otishini ta'kidlash lozim. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling