Falsafa asoslari


Yashirin kadr orqali ta'sir qilish


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Yashirin kadr orqali ta'sir qilish. Bu insonning ong osti his-
lariga yashirin ta'sir qilishda ko'rinadi. Mutaxassislarning fikri-
cha, bu turdagi tashviqot har doim ham ezgu yo'lda ishlatilaver-
maydi, bu aksariyat holatlarda shum niyatli insonlarga qo'l kelishi 
mumkin. Misol uchun kino yoki seriallarda, «agar bir insonga 
davomli ravishda «Qo'shningni o'ldir!» shaklidagi yashirin kadr 
bilan ta'sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan qotillikka qo'l urishi 
mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab berdi. 
360 


Estetik tarbiyada fan, ta'Iim va madaniyatning o'zaro aloqa-
si. Shaxsning estetik kamolotini fan, ta'Iim va madaniyatning, 
xususan estetik madaniyatning uyg'unligisiz tasavvur etish qi-
yin. Chunki, estetik madaniyat — bu inson ehtiyojlarining mu-
rakkab tizimi bo'lib, unda odamzod hissiyotlari, malakalari, 
ko'nikmalari, bilimlari, me'yorlari, maslaklari bir-biri bilan 
chambarchas bog'lanib ketganligi. 
Estetik madaniyat murakkab ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat 
miqyosida tabiatni estetik o'zlashtirish jarayonlari va natijalari, 
mehnat faoliyati, turmush, ijtimoiy munosabatlarning estetik ji-
hatlari, sinf va ijtimoiy qatlamlarning estetik qarashlari, did va 
manfaatlarining muayyan holati, estetik tarbiya nazariyasi va 
amaliyoti, kishilar ijtimoiy-estetik faolligining rang-barang namo-
yon bo'lishini anglatadi. Bunda estetik madaniyatning ko'proq 
insonning ehtiyojlariga bog'liq ekanligi nazarda tutiladi. U rang-
barang faoliyat hamda estetik munosabatlar tizimi sifatida badiiy 
ijodning professional hamda havaskorlik turlari, moda, dizayn, 
ommaviy axborot vositalari, estetik idrok madaniyatining shakl-
lanishi bilan bog'liq jarayonlarni ham qamrab oladi. 
Kasb estetikasi estetik madaniyatning eng yuksak shakllaridan 
biridir. Har bir kasb o'ziga xos axloqiy me'yorlariga ega bo'lgani 
kabi, o'z mehnat faoliyati taqozo etadigan estetik me'yorlarga 
ham egadir. Kasb etikasi kabi kasb estetikasi xususida Kaykovus, 
Alisher Navoiy, Umar Xayyom kabi mutafakkirlarimiz o'z qarash-
larini bayon etishgan. Xususan, Kaykovus «Qobusnoma» asarida 
bir qancha kasblar xususida fikr bildiradi. «Hofiz va sozandalik 
zikrida» bobida «Ey farzand, agar hofiz bo'lsang, xushfe'l, quvnoq 
bo'l, hamisha рок, mutayyab va xushzabon bo'lg'il va o'z ishing-
ga mashg'ul bo'lgil, yaramas xulq qo'pol bashara bo'lmag'il» deb 
ta'kidlaydi. 
Inson voyaga yetib, bir kasbning boshini tutgach, o'z kasbi 
doirasida kishilar bilan muntazam munosabatda bo'ladi. Bu mu-
nosabat, bir tomondan hamkasblar davrasida ro'y bersa, ikkin-
chi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi 
odamlar bilan yuzaga keladi. Mana shu vaziyatda kasb esteti­
kasi muhim rol o'ynaydi. Kasb etikasi va kasb estetikasi o'zaro 
361 


bog'liqdir. Barcha kasb uchun umumezon bo'ladigan axloqiy 
me'yorlar rostgo'ylik, halollik, xushfe'llik xulq go'zalligini tash-
kil etadi. Xulq go'zalligi esa kasb etikasigagina emas, balki kasb 
estetikasining ham muhim tarkibiy qismi desak xato bo'lmaydi. 
Bu shifokor, o'qituvchi, jurnalist kabi barcha kasb egalari uchun 
muhimdir. 
Har bir kasb o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu kasb estetikasida 
ham o'z aksini topadi. O'qituvchi faoliyati, mehnat mahsuli mu-
handisnikidan farq qiladi. Uning mehnat mahsuli o'quvchining 
axloq odobi, bilim darajasi, estetik didi bilan belgilanadi. Mu-
handis estetik didi esa u yaratgan avtomobilning qulay, chiroyli, 
foydaliligi bilan belgilanadi. O'qituvchining yurish-turishi, este-
tik fazilatlari uning o'quvchilarida aks-sado bersa, muhandisning 
mehnat mahsuli inson uchun qulaylik yaratadi, moddiy madani-
yatimizga hissa qo'shadi. Albatta, bunda muhandis tabiiy fanlar 
qatori estetika, ruhshunoslik kabi fanlarni ham egallagan va este-
tik didga ega bo'lishi lozim. 
Bugungi kunda jahon miqyosida sodir bo'layotgan global-
lashuv jarayoniga binoan, bir tomondan, fan, ta'lim va madaniyat 
sohasida mushtarak tamoyillariga yo'l ochilsa, ikkinchi tomon-
dan, ayrim xalqlar milliy qadriyatlari, madaniyat turlari va este-
tik tasavvurlariga salbiy ta'sir etadigan jihatlar ko'zga tashlanishi 
tabiiy bo'lib qoldi. Demak, ana shunday obyektiv va subyektiv 
sabablar, sharoitlar natijasi bo'lgan globallashuv davrida ma'naviy 
hayotda, madaniyat jabhalarida nihoyatda sezgirlik va ogohlik bi-
lan ish ko'rishga to'g'ri keladi. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling