Falsafa asoslari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
- 18-mavzu. Estetikaning zamonaviy muammolari va estetik tarbiyaning dolzarb masalalari Estetik tarbiyaning turlari va yonalishlari.
Tayanch tushunchalar: ekoestetika, tabiat, ilmiy-texnik taraq-
qiyot, texnogen sivilizatsiya, inson go'zalligi, san'at, turmush es- tetikasi, ishlab chiqarish estetikasi, estetik idrok etish, qadriyat, ekologiya, estetik tarbiya, estetik munosabat, shaharsozlik esteti- kasi, fan, dizayn, amaliy san'at. Takrorlash uchun savollar: 1. Tabiatga estetik munosabatning mohiyati haqida tushuntirib bering. 2. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi nimalardan iborat? 3. Ekoestetikaning falsafiy mohiyatini izohlab bering. 4. Tabiatni estetik idrok etishning an'anaviy va noan'anaviy usullari qanday? 5. Texnosivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga qanday ta'siri bor? 6. Maishiy turmush estetikasining inson turmush tarzida tut- gan o'rni qanday? 7. Zamonaviy shaharsozlik estetikasining bugungi rivoji haqi- da gapirib bering. 8. Dizayn estetik xususiyatlarini tushuntirib bering. 9. Xalq amaliy san'ati va dizaynning o'zaro aloqadorligini izohlab bering. 18-mavzu. Estetikaning zamonaviy muammolari va estetik tarbiyaning dolzarb masalalari Estetik tarbiyaning turlari va yo'nalishlari. Estetik tarbiya o'z- o'zidan paydo bo'lib, rivojlanadigan «mikroorganizm» emas va ayni paytda birdan to'xtab qoladigan «mexanizm» ham emas. U sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko'nikmalar, bilimlar orqali shakllanib boradi. Qolaversa, es- 355 tetik tarbiya ijtimoiy taraqqiyotning muayyan jabhalarida aniq maqsadlarga yo'naltirilgan faoliyat sifatida ish olib boradi. Bun- dan tashqari tarbiyaning mazkur shakli ayrim kishilarning yoxud biror-bir guruhning turli xil faoliyatlari natijasida yuzaga keladi. Estetik tarbiya mohiyatan inson omili bilan bog'liq bo'lib, bu omil nafis didga, yuksak farosatga va pokiza tuyg'ularga egaligi bilan ajralib turadi. Jamiyatda yashayotgan biror-bir shaxs este- tik jarayonlardan chetda turmaydi, aksincha, o'zining muayyan xatti-harakati bilan mazkur jarayonlarga u yoki bu darajada ta'sir ko'rsatadi. Estetik tarbiyaning maqsadi ana shunday ta'sirlarni go'zallik, ulug'vorlik, fojiaviylik, kulgihlik asosida yo'naltirishdan iborat. Har bir inson jamiyatda o'z o'rnini bilishi, o'zini jamiyat- ning ajralmas qismi deb his qilishi lozim. Endilikda mafkura dunyosida paydo bo'ladigan bo'shliq pirovardida jamiyat, inson va mamlakat uchun naqadar katta xavf solishi anglanmoqda. Tarbiyaning estetik shakli esa mazkur jarayonlarda yosh avlodni go'zallik haqidagi tuyg'ularini, tabiatga bo'lgan munosabatini, ba- diiy adabiyotga qiziqishini, jamiyat ma'naviy rivojidagi yangicha qarashlarni go'zallik va ulug'vorlik asosida tarbiyalashdek dolzarb vazifani amalga oshirishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling