Falsafa asoslari
Ekoestetikaning XXI asr taraqqiyotidagi o'rni
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Ekoestetikaning XXI asr taraqqiyotidagi o'rni. Insoniyat hozir
o'z tarixining mas'uliyatli davrida yashamoqda. Biz «tabiat- jamiyat-inson» munosabatlari uyg'unligining yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo'ydik. Bu tarixiy davr o'z real imkoniyat- 1 Кант И. Сочинения в 6 т. Т. 5. -М., Мысль, 1966. - С.314. 343 lari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qo'ymoqda. Bulardan eng muhimi tabiatni asrashdir. Tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko'z ochib ko'rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi. Shunday ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammoning hal qilinishiga bog'liqdir. Bu esa odamlarning, xalqlar va millat- larning ma'naviyatini yuksaltirish, tabiatga estetik munosabatini shakllantirishni taqozo etadi. Negaki voqelikka estetik munosa- batda bo'lish tabiatga bo'lgan muhabbatdan boshlanadi. Tabiat uning o'zini gavdalantiruvchi barcha san'at turlari uchun bitmas- tuganmas shakllar manbayi bo'lib kelgan va shunday bo'lib qo- ladi. Inson bilimining ortishi, tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, qonuniyatlarini o'rgana borish, texnikaning taraqqiyo- ti inson qudratini oshirishi natijasida tabiat ustidan hukmronlik o'rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy oqibatlarga olib keldi. XXI asrga kelib tabiat va inson o'rtasida yangicha muloqot vujud- ga kelmoqda. Inson tabiatning hukmroni emas, uning bir bo'lagi ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik oqibatda insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi. Hozirgi zamonning eng katta muammolaridan biri ekologi- ya ekanligi, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo'lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko'p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog'liqligi hammamizga ayon haqiqat. Xalqimiz yaqin o'tmishda boshidan o'tkazgan totalitar, ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida atrof-muhitga bepisand munosabatda bo'linib, tabiat boyliklaridan ochko'zlarcha foy- dalanishga zo'r berilgan edi. O'sha davr bizga o'simlik va hayvo- not dunyosi genofondiga salbiy ta'sirni, biologik xilma-xillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa chiqindilarning ko'payishi, cho'llanish, yer va suv resurslari degradatsiyasi, Orol dengizi halokati kabi mintaqaviy va global miqyosda yechilishi 344 zarur bo'lgan muammolarni meros qilib qoldirdi. Bu muammo- lar inson hamda uning manfaatlari himoyasi, birinchi navbatda, sog'lom va musaffo atrof-muhitga ega bo'lish huquqini ta'minlash jarayoni amalga oshirilayotgan islohotlarning o'zagini tashkil et- gan O'zbekiston uchun atrof tabiiy muhitni asrab-avaylashni va uni sog'lomlashtirishni yanada dolzarb qilib qo'ydi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling