Falsafa asoslari
Tabiatning estetik jihatlari
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Tabiatning estetik jihatlari. Darhaqiqat estetik go'zalliklarning
xilma-xil ko'rinishilari orasida tabiat go'zalligi inson uchun ham- madan ko'ra yaqinroq va tushunarliroqdir. Tabiat bilan yaqin bo'lishga ichki bir intilish, undagi go'zallik, nafosat olamiga osh- no bo'lish barcha uchun xosdir. Tabiat butun tabiiy xilma-xilligi bilan bizni o'rab turgan dunyo demakdir. Jonli va jonsiz tabiat o'zining murakkab qonunlari asosida yashaydi va rivojlanadi. Tabiat estetikasi insonga tabiiy go'zallik va uyg'unlikni ko'rish va qadrlashni o'rgatadi. Tabiatdagi har bir hodisaning go'zal va takrorlanmasligini sezish mumkin. Inson tabiatdagi go'zallikni avvalo ko'rish orqali idrok etadi, uni tabiatdagi ranglar va shakl- larning uyg'unligi, tabiiyligi zavqlantiradi. Masalan, bahorda olamning gulga burkanishi, yozda o'rmonlarning yashillika bur- kanishi, kuzda esa olovdek tovlanishi, barglarning qizg'ish rangi, qishda oppoq qorga burkangan qir-adirlar barchaga estetik zavq beradi. Tabiat go'zalligini his etish va idrok etish uchun uning uch ji- hatini tushunish lozim. Bu tabiiy organizmning o'ziga xos tuzili- shi, uzaro mutanosibligi, doimiy harakatda, rivojlanishda bo'lgan jonli organizmning o'ziga xos xususiyatini, tabiiy obyektlarga xos bo'lgan dekorativ go'zallik, masalan, kapalak qanotlari, yoki to- vus patlaridagi ajib bir uyg'unlik va go'zallikni ajrata bilish lozim. Bu ayniqsa san'at orqali yetkazib beriladi. Tabiat estetikasi tabiatni sevishni, uning go'zalligiga beg'araz munosabatda bo'lishni o'rgatadi, ya'ni tabiatni faqat odamlar uchun yaratilgan deb emas, uni jamiyatdan tashqaridagi umum- olamiy mustaqil qadriyat sifatida idrok etishni taqozo qiladi. Mustaqillik yillarida shahar va qishloqlarimizning qiyofasi bu- tunlay o'zgardi, yangidan-yangi inshootlar qad ko'tardi. Barpo etilayotgan yangi ko'chalar, yo'llar, maydonlar, insonda yuksak mas'uliyat, go'zalliklarni asrash va vatanparvarlik ruhiyatini uyg'otishi bilan birga dizaynning insonparvarlik mohiyatini na- moyon qiladi. 342 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling