Falsafa asoslari
Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi. Globallashuv jara-
yonida yangi estetik qadriyatlar qaror topib bormoqda. Bu inson- ning tabiatga va jamiyatga bo'lgan munosabatida aks etadi. Ne- mis faylasufi Immanuil Kant tabiatni axloqiylik bilan bog'laydi: «Kimniki bevosita tabiat go'zalligi qiziqtirsa, bu uning fikrlash tarzida, yo'q deganda, axloqiylikka, ezgulikka qobiliyat mav- judligidan dalolat beradi», — deydi u 1 . Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo'q, shu sababli u ikkinchi darajali go'zallik turi, degan fikri estetikada hukmronlik qilib keldi, ayniqsa, bu fikr tabiatni «bo'ysundirishni» targ'ib qilgan marksizm ta'limotida keng e'tirof etildi. Natijada uzoq yillar mobaynida tabiat estetikasiga e'tibor qaratilmadi. Biz me'moriy obidalarni asrash, tiklash haqida qayg'urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e'lon qildik, lekin land- shaft estetikasini chetga chiqarib qo'ydik. Hozirgi kunda shu narsa aniq bo'ldiki, tabiatni eng ulug' va mangu estetik qadriyat deb bilmaslik borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrog'i, bugun tabiatsiz estetikani tasavvur qi- lish mumkin emas. XXI asrda olamni bilish, voqelikni estetik o'zlashtirish bilan bir qatorda uni qadriyat sifatida e'zozlashga alohida e'tibor berilmoqda. Endilikda odamlarning yaratuvchan- lik faoliyati yuksalishi barobarida estetik qadriyatlarga nisbatan munosabati tubdan o'zgarmoqda. Bu o'z navbatida inson mohi- yatan eng oliy qadriyat ekanligi, inson manfaatlarining ustuvor- ligini ta'minlash barcha islohot va evrilishlarning bosh maqsadiga aylanganligi bilan belgilanadi. Insoniyatni o'rab turgan borliq, tabiiy va ijtimoiy atrof-muhit, tirik va notirik tabiatning eng muhim tomonlarini ifodalaydigan qadriyatlar umumbashariy xususiyatga egadir. Bunday qadriyat lar jamiyat uchun hech qachon o'z ahamiyatini yo'qotmaydigan, abadiy, mutlaq va muqaddas qadriyatlardir. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling