Falsafa asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tubanlik kategoriyasi. Tubanlik — insonda kuchli nafratlanish 
tuyg'ularini hosil qiluvchi estetik kategoriyadir. Tubanlik mohi-
yatan insonga xos bo'lib, uning faoliyatida namoyon bo'ladi. Ta-
biatda tabiat, hayvonot va nabotot olamida uchramaydi. Tubanlik 
inson fe'1-atvoridagi yovuzlik maylining qo'zg'alishi natijasida 
yuzaga keladi. 
Fojiaviylik (tragediya) kategoriyasi — voqelikning eng muhim, 
chuqur ziddiyat va to'qnashuvlari: hayot va o'lim, ozodlik va mute-
lik, aql va tuyg'u, qonun va burch, shaxsiy va ijtimoiy munosabat-
larni o'ziga xos tarzda ifoda etuvchi falsafiy tushuncha. Deyarli 
barcha buyuk ijodkorlar yaratgan asarlarda fojiali ohanglar mavjud. 
Har qanday fojia zamirida muayyan fojiali to'qnashuv, ziddiyat 
yotadi. Gegel fojiaviylikni mohiyatli kuchlar to'qnashuvining nati-
jasi sifatida bejiz ta'riflamagan. Chunki, bu to'qnashuvlar kurashi 
qanday yakun topishi bilan insoniyat istiqboli, axloqiy taraqqiyot 
uzviy bog'liqdir. Bu hoi fojiani san'atning falsafiy jihatdan eng 
muhim turiga aylantiradiki, u ijodkorga insoniyatni butun tarixi 
davomida hayajonlantiradigan tub hayotiy masalalarni o'z oldiga 
qo'yib, hal qilish imkoniyatini yaratdi. 
Fojia qahramoni ko'pincha ijobiy qiyofada tasvirlanadi, u 
davrning ilg'or orzu-umidlarini o'zida mujassamlashtirgan kuch-
li, yorqin, ulug'vor shaxs sifatida namoyon bo'ladi. Lekin fo-
jia to'qimasida boshqa turdagi qahramonlar ham aks ettirilgan 
bo'lib, Shekspirning Makbet va Richard, B.Brextning Kurajona-
ga o'xshash qahramonlari o'z taqdirlari bilan tomoshabinda o'ta 
ziddiyatli his-tuyg'ular uyg'otadi. Ular sodir qilayotgan mudhish 
kirdikorliklar qat'iy norozilik, jirkanish, shu bilan birga, achi-
nish tuyg'usini uyg'otadi. Odatda, fojia masmunida qahramon-
ning mavjud shart-sharoitlarni tubdan o'zgarcirishga faol intilishi 
namoyon bo'ladi. Fojianing tarixiy shakli qadimgi dunyo fojiasi 
335 


(Esxil, Sofokl, Evripid) eski patriarxal tartibotlar yemirilib, tarix-
da ilk sinfiy jamiyat shakllanishi jarayonida vujudga keldi. Unga 
xos bo'lgan «qismat ohangi» tabiiy va ijtimoiy qonunlar haqidagi 
tasavvurlarni aks ettirdi. O'rta asrlarda G'arb xristian mafkurasi 
fojia ruhiga butunlay qarshi chiqqani bois bu davrda biror-bir 
arzigulik san'at asari yaratilmaganini bilamiz. 
Fojia rivojining yangi bosqichi Uyg'onish davrida boshlandi. 
Shekspir asarlarida fojiaviylik butun hayot, ijtimoiy aloqalar va 
munosabatlarni qamrab oladi. Uning fojiaviy asarlarida kuchli, 
jasoratli, g'ururli, erkin inson timsoli yaratildi. Shekspir o'z qah-
ramonlarining o'zligini anglashga, inson ruhini sindirib halokatga 
yetaklayotgan tuzum sharoitida ozodlikka intilishini ifodalaydi. 
M.Shayxzodaning «Mirzo Ulug'bek» dramasini ham asosiy badiiy 
ohangi, undagi ehtirosli to'qnashuvlar ruhi, ulkan hissiy ta'sir ku-
chi, qahramonlarning taqdiri jihatidan o'ta fojiaviy asardir. Unda 
o'sha davrdagi ildiz otgan ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy muammo-
lar qalamga olinadi. Asar qahramoni fojiali dramatik jarayonning 
asosiy subyekti sifatida namoyon bo'ladi. Uning faolligi, o'z orzu-
armonlari, hatto o'zini qurbon qilib bo'lsa ham, davlatda tinchlik 
va barqarorlikni qaror toptirishga intilishi faoliyatining mohiyatini 
belgilaydi. San'atda namoyon bo'ladigan fojiaviylik to'qnashuvlar, 
qiyofalar, vaziyatlarni to'la va chuqur badiiy in'ikos etish ehtiyoji-
dan kelib chiqadi. Sofokl fojialari Shekspirnikidan, Shekspir asar-
lari Rasinnikidan qanchalik farqlanmasin, ular o'rtasida o'ziga 
xos mushtaraklik, umumiy jihat ko'zga tashlanadi. 
Har qanday fojia zamirida keng ko'lamli, ijtimoiy ahamiyat kasb 
etadigan muayyan fojiali to'qnashuv yotadi. Fojiaviylik san'atda 
turlicha talqin etilishi mumkin. Bu hoi mazkur janrga xos umumiy 
xususiyatlarni inkor etmaydi. Fojia uslubining umumiy belgilari 
qatoriga keng umumlashmalarga intilish, tafakkur boyligi, sodda-
lik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi. 
Fojia tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va 
munosabatlar barbod bo'lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqida-
qoidalar qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi. 
Fojiaviylik har doim estetik tafakkur tarixida dolzarb muam-
mo sanalgan. Shuning uchun deyarli barcha buyuk ijodkorlar 
336 


yaratgan asarlarda fojiali ohanglar mavjud. Fojialilikni mohi-
yatli kuchlar to'qnashuvining natijasi, deb bilgan nemis faylasufi 
Gegel, bu to'qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi piro-
vardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog'lanib ketadi deya 
ta'kidlagan. Shuning uchun fojiaviylik estetika kategoriyalari ora-
sida ulug'vorlik bilan yaqin aloqador: haqiqiy ulug'vorlik fojia-
viylikning davomi hisoblanadi. Qolaversa, ulug'vorlikning bar-
cha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu ko'rinishi orqali 
namoyon bo'ladi. Fojiaviylik kategoriyasining estetikadagi marka-
ziy muammosi — insonning qahramonlik, buyuklik, jasorat kabi 
tushunchalar haqidagi tasavvurini har tomonlama kengaytirish 
hamda hayotdan qoniqish va shukronalik hissini rivojlantirishdan 
iboratdir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling