Falsafa asoslari


Go'zallikning elementlari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Go'zallikning elementlari. Go'zallikning namoyon bo'lishi, 
shakllanishi va his etilishida muayyan unsurlar mezoniy vazifasini 
o'taydi. Bular — me'yor, maqsadga muvofiqlik, tartiblilik, uyg'unlik, 
hamohanglik, moslik, yaxlitlik, birlik, mutanosiblik, tenglik va ho-
kazo. Mazkur tushunchalar narsa-hodisalarda bevosita yoki bil-
vosita ishtirok etib, undagi go'zallikni namoyon ettiradi. Masalan, 
bahor faslining go'zalligi tabiatning uyg'onishi, ko'klamning yuz 
ochishi bilan, qish fasli esa oppoq qor bilan o'ziga xos go'zallikni 
namoyon etadi. Tabiatning ikkala faslida ham go'zallikning moslik 
va mutanosiblik unsuri muhim ahamiyat kasb etadi. 
Go'zallikning sifatlari tug'yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, 
mo'jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. 
Go'zallikning xususiyatlari qulaylik, manfaatdorlik, yoqimli-
lik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Elementlar, sifat-
lar va xususiyatlar uyg'un bo'lgan narsa-hodisalargina chinakam 
go'zallikni aks ettirishi mumkin. 
Shaxsning ijtimoiy jarayonlar bilan bo'ladigan munosabatla-
rida go'zallik nisbiylik xususiyatiga ega bo'ladi. Bu holat ayniqsa, 
go'zallikning moddiy va ma'naviy qadriyatlar tizimidagi o'rnida 
yaqqol ko'zga tashlanadi. Chunki, go'zallikning har qanday tahli-
li shaxs va jamiyat munosabatlari bilan muqoyasa qilingandagina 
uning ijtimoiy-ma'naviy xususiyatlari yanada oydinlashadi. Shu 
bois go'zallikning ma'naviy va moddiy qadriyatlar tizimidagi 
o'rniga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. 
Ma'naviy qadriyatlarning go'zalligi. Ma'naviy qadriyatlar 
tizimida go'zallik quyidagi jihatlari bilan bel; alanadi: 
— sog'lom ruhiyat va hayot haqidagi tasavvurlarni vujudga 
keltirish; 
331 


— real hayot haqiqatini in'ikos ettirish; 
— jonli insoniy tafakkur va dunyoqarash manbayini yaratish; 
— ongli dunyoqarashga asoslangan ijod erkinligini, mustaqil 
fikrlash hamda zamon bilan hamnafaslik ruhini singdirish; 
— yangilanayotgan hayot jarayonlariga yaqinlashish va uning 
ilg'or tomonlarini yoritish, ularni mazmunan boyitish; 
— yangicha uslub va badiiy usullardan foydalanish, san'at 
asarida shakliy go'zallikka erishish. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling