Falsafa asoslari
Milliy ma'naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyat-
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Milliy ma'naviyatimizda nikoh va oilaga doir axloqiy qadriyat-
lar. O'zbekistonda yoshlar tarbiyasi, ma'naviy-axloqiy kamolotida nikoh va oila haqidagi milliy axloqiy qadriyatlarning o'rni. Aza- liy qadriyatlarimizda tani sihatlik va ma'naviy butunlik uyg'un bo'lib kelgan. Tani sihatlik insonning tabiiy va jismoniy salo- matligi mezonlarini, ma'naviy butunlik inson qalbining salo- matlik mezonlarini mujassam etgan. O'zbek oilalarida insoniy munosabat, izzat-ikrom, hurmat, e'zoz, muomaladagi ochiqlik, mehmonnavozlik bag'rikenglik, tinch va osuda hayot, xursand- chilik kabi xususiyatlarni amalda ko'rsata olib hayot mezoniga aylantira olishni anglatgan. Demak, oilaning bugungi kundagi vazifalari birinchidan, farzandining axloqiy-estetik, huquqiy, diniy madaniyati uchun jamiyat oldida javobgarlik, ota-ona- lik burchiga e'tibor bilan qarash, fuqarolik mas'uliyatini his etish, muhim ijtimoiy burchni bajarish, ikkinchidan, farzand- larga turmush muammolarini mustaqil hal etish usullari, o'zini ta'minlash va yashashning munosib darajasiga erishish imkoni- yatlarini o'rgatish; uchinchidan, hayotning mushkul vaziyatidan chiqib olish uchun resurslar, harakatlar ko'rsatadigan tizimlar bilan uzviy aloqada bo'lish, Shuningdek bu tizimlarning sama- rali va tashkiliy ishlariga ko'maklashishdan iborat. Oiladagi qadriyatlar, undagi psixologik, ijtimoiy-ma'naviy muhitning farzand tarbiyasiga ta'siri buyuk mutafakkir va al- lomalarimizning bizgacha yetib kelgan ilmiy meroslarida alo- hida e'tirof etilgan. Bu xususda Zardushtiylik dinining muqad- das kitobi «Avesto»da ham ta'kidlab o'tilgan. Unga ko'ra oila sog'lom avlodning paydo bo'lishi, benuqson naslning tug'ilishi, sog'lom turmush tarzi, zurriyodning pokizaligi, uning aqliy, ax- loqiy, ruhiy, jismoniy, ma'naviy tarbiyasida alohida o'rin tutgan. Unda ta'kidlanishicha o'smirlar o'n besh yoshga to'lgandan ke- yingina yetmish ikki xil rangli ipak iplardan to'qilgan belbog' bilan bellarini o'rash va o'zlarini yaxshilik yo'liga baxshida etish uchun turmush qurish huquqiga ega bo'lgan. Lekin yoshlar- ning o'zboshimchalik bilan oila qurishlariga yo'l qo'yilmagan. 298 Oila qurish jamoa, ota-ona izmida bo'lgan. Shu sababli, jamoa va ota-onalar bo'lajak kelin-kuyovlami tanlashda obdon o'ylab ish ko'rganlar. «Avesto»ning «Vendidod» bobida bayon etilishicha nasi sog'lomligining irsiy jihatlariga alohida e'tibor berilib, ya- qin qarindoshlar o'rtasida farzandlarning o'zaro oila qurishi man etilgan. Sog'lom avlodning tug'ilishi uchun ota-onalar sharob ichmaslikka, giyohvand moddalar va boshqa hushdan ketkazuv- chi vositalarni iste'mol qilmaslikka da'vat etilgan. Zardushtiylik ta'limotiga ko'ra katta oilalar jamoa oqsoqoli tomonidan himoya qilinib, egizak farzand ko'rgan ayollarga bir juft sigir yoki sariq tuya hadya qilingan va davlat xazinasidan nafaqa berilgan. «Avesto»da har qanday axloqsizlik va g'ayritabiiy xatti-ha- rakatlarga yo'l qo'yib bo'lmasligi ta'kidlanadi. Fohishabozlik, turmush o'rtog'iga xiyonat qattiq qoralanadi. Bu kabi jinoyatlar sirasiga nafaqat oilani buzadigan va oila qoidalarini zaiflashtira- digan, balki bola tug'ilishi, yosh avlod tarbiyasi, nasi pokligiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan oila xiyonati ham ko'rsatilgan. Begona ayol bilan yashash, nikohsiz farzand ko'rish qat'iy ta'qib ostiga olinganki, ushbu qarashlar bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bu kabi jinoyatlar qamchi yoki tayoq bilan 800 zarba urish bilan jazolangan 1 . «Avesto»ning bugungi ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ta- lablarga hamohang bo'lgan eng muhim tamoyillardan biri — bergan so'zining uddasidan chiqish, ahdga sodiqlik, savdo-sotiq va shartnomalarga qat'iy amal qilish, qarzni o'z vaqtida to'lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo'lish kabi iymonlilik sifat- laridan iborat. «Avesto»ning ko'plab tadqiqotchilari, bu nodir kitobda yuksak ma'naviyatlilik va axloq masalalari yoritilganini ta'kidlaydilar. Yuksak ma'naviy sifatlilik Zardushtiylikda jaho- latning, yomonlikning oldini olishdir. «Avesto»ning ma'naviy qoidalariga nafaqat sog'lik va jismoniy kuch, balki ma'naviy poklikka ham alohida o'rin ajratiladi. Ma'naviyatlilik me'yori si- fatida o'z vaqtida to'g'ri o\qatlanish buyuriladi. «Avesto»da bola tarbiyasi va ta'limiga katta ahamiyat berilib «Tarbiya hayotdagi 1 Homidov H. Avesto fayzlari. - Т.: 2001. - 31-b. 299 eng muhim tayanch sanalishi lozim, har bir yoshni shunday tar- biyalash kerakki, avval o'qishni, keyin yozishni o'rganib olgach, eng yuqori darajaga ko'tarilsin» 1 . Yurtimizda yetishib chiqqan Sharq uyg'onish davri mutafak- kirlari qatorida Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Burhoniddin Marg'inoniy o'z asarlarida inson, uning ma'naviy kamolotida oila va undagi tarbiya, ilm, ma'naviy muhitning muhim ahamiyatga egaligini bir necha bor ta'kidlab o'tadilar. Abu Rayhon Beruniy' shaxs tarbiyasida mehnatga alohida e'tibor beradi. Uning fikricha hayot va baxtni mexnatsiz tasav- vur etib bo'lmaydi, mehnat bilan tarbiyalash — inson hayoti- ning asosidir. Alloma ma'naviy tarbiyada ilmning rolini birinchi o'ringa olib chiqadi. Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy manbalar ham oila tarbiyasi jamiyatdagi tarbiya jarayonining eng muhim va nozik jihati bo'lganligini ko'rsatadi. Sog'lom avlod mamlakat kelajagini ta'minlovchi asosiy omil ekanligini yaxshi anglagan Amir Temur raiyatning tinch-osuda hayot kechirishini, xonadonlarning daxlsizligini, yangi barpo bo'layotgan oilaning har jihatdan benuqson va poklik asosiga qurilishini davlat ahami- yatiga molik masala deb qaragan. Shaxsning ma'nan yetukligi uning oilada topgan tarbiyasiga bog'liqligi xususida XX asr ma'rifatparvarlari ham o'z asarlari da bir necha bor ta'kidlab o'tganlar. Jumladan, AbduUa Avloniy o'zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida bola tarbiyasi xu susida juda qimmatli ma'lumotlarni keltirib o'tadi. Muallif bola tarbiyasida yashab turgan sharoit, muhit, kishilarning roli katta ekanligini ko'rsatadi va bu sohada oila, maktab sharoitini ham nazardan chetda qoldirmaydi. Tarbiya bolaning axloqiga, xulq atvoriga kuchli ta'sir etishini e'tirof etadi va ota-onalarni o'z bo- lalari tarbiyasida mas'ul ekanligini e'tirof etadi. Uning fikricha, sog'lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma'rifatga ega bo'lish uchun badan tarbiyasi muhim ahamiyatga ega. Xususan, sog'lom badanga ega 1 Ochilov S., Hoshimov H. O'zbek pedagogikasi ontologiyasi. 2-jild. - Т.: 1999. - 126-b. 300 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling