Falsafa asoslari


Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Tibbiy va ekologik tarbiyaning axloqiy asoslari. Tibbiy tarbi-
ya har doim ham muhim ahamiyatga ega bo'lgan masalalardan 
bo'lib kelgan. Chunki u inson mavjudligining shartlaridan biri 
jismoniy sog'lomligi bilan bevosita bog'liqdir. Shuning uchun qa-
dimdan ham insonning jismoniy jihatdan sog'lig'i, mehnat, to-
zalik, ozodalik bilan bog'liqlikda qaralgan. Bu xususda bebaho 
qadriyatlarimizdan biri «Avesto» kitobida ham to'xtalib o'tilgan. 
Ya'ni naslning, zurriyodning sog'lom bo'lishi borasida bundan 
3000 yil ilgari ajdodlarimiz qayg'urishgan. 
Fan-texnika taraqqiyoti, aholi sonining ortib borishi, jami-
yatning tabiatga ta'sirini kuchaytirib, ekologik vaziyatni murak-
kablashtirmoqda. Shunga ko'ra, ekologik muvozanatni barqaror-
lashtirish hozirgi davrning eng muhim muammolaridan biriga 
aylandi. Zero, tabiat insoniyat uchun bebaho qadriyatdir. Inson 
tabiat bilan birga yashaydi. U tabiatga ta'sir etibgina qolmasdan, 
unga bog'liq hamdir. Ana shu holat kishilarning atrof-muhitga, 
tabiatga bo'lgan munosabatlarini muvofiqlashtirishni taqozo eta-
di. 
Bugungi kunda fan-texnika jadal sur'atlar bilan rivojlanib, in­
son va tabiat o'rtasidagi tabiiy muvozanat buzilayotganligi oqi-
batida atrof-muhitga katta ziyon yetkazilmoqda. Ona tabiatga is-
tiqbolni ko'zlab munosabatda bo'lish, kelajak avlodga uni go'zal 
va tabiiyligicha qoldirish — bugungi kunning muhim vazifasi. 
Markaziy Osiyo hududidagi xalqlar, shu jumladan, o'zbek 
xalqi orasida avloddan avlodga o'tib kelgan bir qoida mavjud. Bu 
har qanday sharoitda ham: eng kam miqdorda xomashyo, vaqt 
1
Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom, shaxsiy javobgarlik 
- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. -Т.: O'zbekiston, 
2017. ~10 b. 
314 


hamda kuch sarflab, ko'proq mahsulot olish qoidasidir. Bunmg 
tejamkorlik, ekologik jihati xalq orasida «uvol» degan so'zning 
juda keng tarqalganligi va unga amal qilinishidan iborat. 
Insonning har qanday ekologik faoliyati o'zini va o'zi yashayot-
gan tabiiy-ijtimoiy muhitni axloqiy hamda estetik o'zlashtirish 
jarayonidir. Shu jumladan, ekologik madaniyatni yuksaltirish 
insonning tabiatni maqsadga muvofiq axloqiy hamda estetik 
o'zlashtirishdan iborat maxsus faoliyatidir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling