Falsafa asoslari
Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg'unligi
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
Kasbiy odobning axloqiy madaniyat bilan uyg'unligi. Kasb etikasi
(odob-axloqi) — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o'zaro munosabatlarning axloqiy yig'indisidir. Tarixda kasb odo- bining shakllanishi qadimga borib taqaladi. Ilk kasbiy-ma'naviy talablarni qadimgi Misrda paydo bo'lgan «Pxatotep o'gitlarida» uchratish mumkin. Ushbu pandnomada mehnat orqali boylik va yuqori mavqega erishish uchun o'z vazifasini vijdonan bajarish lozimligi ta'kidlangan. Shuningdek, Qadimgi Yunonistonda pay- do bo'lgan Gippokrat qasami ham kasb odobi kodeksi zaruriyati, unga ehtiyoj avvaldan bo'lganligi, birinchi navbatda, u kasbiy faoliyatni axloqiy jihatdan izga solish, malum qoidalar doirasida ish yuritish, turli murakkab holat va vaziyatlarda kasbiy-insoniy nuqtayi nazarlardan to'g'ri xatti-harakat qilish mezonlarini yara- tish, Shuningdek, kasblarning jamiyatdagi o'rni, mavqei, salo- hiyatini mustahkamlash maqsadida paydo bo'lganidan dalolat beradi. Sharqda ham kasb odobi masalalariga katta e'tibor qaratil- gan. Husayn Voiz Koshifiyning «Futuvvatnomai Sultoniy» asari beshinchi bobining o'n to'rtinchi, o'n beshinchi v a o ' n oltinchi fasllari turli kasb egalari odobiga bag'ishlangan. Masalan, o'n to'rtinchi fasl «Kasb-kor va savdo-tijorat odobi haqida» deb nom- lanadi va umuman kasb egasi, ayni paytda, savdo-tijorat ahli odo- bi qonun-qoidalarini bayon etadi. ««Bilgilkim, hamma kasblarga birday taalluqli qisqacha qoida-adablar mavjud, Shuningdek, har bir kasb uchun alohida odob ham bor. Agar barcha kasblar uchun 312 zaruriy odoblar xulosasi nechta, deb so'rasalar, sakkizta deb ayt- gil: o'z kasbini haromdan, shubhali mol-mablag'dan рок saqlasin; rizq-ro'zi zarurati uchungina kerakli kasb bilan shug'ullansin, kasbni mol-dunyo to'plashga sarflamasin; kasbni obro' olish, yaxshi nom chiqarishning sababi, deb bilsin; moli harom odam- lar (amaldorlar, poraxo'rlar, qaroqchilar, o'g'rilar, qimorbozlar, kazzob do'kondorlar) bilan muomala qilmasin...» 1 . Koshifiy sotuvchi odobi, xaridor odobi, xodimlar (xizmat- korlar) odobi, maddohlar odobi singari masalalarda ham xuddi shunday asosli fikrlar bildiradi. Sotishning sakkiz odobi, sotib olishning o'n ikki odobi borligini bayon etadi. Sotish odobi haqida xaridorga muloyim gapirish, dag'allik qilmaslik, o'lchovdan, ya'ni tarozidan urmaslik, xaridorni aldamaslik kabilarni aytib o'tadi. Sotib olish odobida esa molni halol pulga sotib olish, qalbaki, soxta pul bermaslik, sotuvchiga qo'pol gapirmaslikni ta'kidlab o'tadi 2 . Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblan- magan, balki muayyan kasb-ког egalarigagina mansub bo'lgan ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me'yorlari mavjuddir. «Kasb odobi» atamasi «kishilar o'rtasidagi kasb faoliyati bilan bog'liq munosa- batlarga ma'rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir» 3 . Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chun- ki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori asos bo'lsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy axloqiy kasbiy me'yorlarga asoslanadi. Kasbiy axloq insonning kasbiy burchlari o'z kasbiga bo'lgan munosabatini belgilaydigan axloqiy me'yorlar majmuyi bo'lib, u kishilarni u yoki bu kasbga mansubligiga qarab birlashtiradi. Masalan, rahbarlikning axloqiy jihatlari borasida ta'kidlash joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda emas, balki, xalq bilan muloqot jarayonida shakllanadi. Rahbar xodimlar faoliyatidagi kamchilik sifatida O'zbekiston Prezidenti 1 Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai Suite niy Axloqiy Muhsiniy. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashifjoti. -T. 2011, —В 83. 2 O'sha manba. - B . 84 3 Словарь по этике. -M.: Политиздат, 1981 .—С. 274. 313 Sh.Mirziyoyev «Ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayot- dan va xalq ehtiyojlaridan ma'lum darajada uzilib qolmoqda», — deya ta'kidlagani bejiz emas 1 . Zero, kasbiy omilkorlik, o'z ishini yaxshi bilish, qaysi kasbdan qat'i nazar axloqiy me'yorlarning ibti- dosidir. Kasb odobi me'yorlarining mazmuni, ularning amaliyligi u yoki bu masalalarni yechishda yordam beradi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling