Falsafa asoslari


Sog'lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/193
Sana11.11.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1765617
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   193
Bog'liq
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma

Sog'lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi 
ahamiyati. Jismonan sog', ma'nan barkamol, zararli ta'sirlardan, 
salbiy xislat, illatlardan xoli, toza, рок, sog'lom fikrli avlodni, 
sog'lom naslli, jismoniy baquvvat, ruhi tetik, fikri tiniq, iymon-
e'tiqodli, ma'naviyatli, mard va jasur, vatanparvar shaxsni tar-
biyalashda har bir jamiyat a'zosi olib borayotgan turmush tarzi 
juda katta rol o'ynaydi. Sog'lom bolaning tug'ilishi, eng avvalo, 
ota-onaning sog'lig'iga bog'liq. Sog'lom oila bo'lmasa, barkamol 
avlod ham, istiqboli porloq millat ham bo'lmaydi. Shuning uchun 
ham mamlakatimizda bu masalaga nihoyatda katta e'tibor berib 
kelinmoqda. 
Inson uzoq umr ko'rish va tinch hayot kechirish maqsadida 
sog'lom, tetik va baquvvat bo'lish, o'z yoshligi, husni va ish-
chanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning 
asosiy omillaridan biri jismoniy harakatdir. 
Sog'lom turmush inson farovon hayot kechirayotganidan dalo-
lat beruvchi omillardan biridir. Sog'lom turmush kechirish uchun 
organizmni tabiiy muhitning turli sharoitlariga chiniqtirish ta-
lab etiladi. Salomatlik insonning ruhiy osoyishtaligi va tashqi 
muhitning zararli ta'sirlariga qarshi tura olish qobiliyatidir. Or­
ganizmni chiniqtirish, jismoniy mashqlarni bajarish, sovuq suv-
da cho'milish tashqi muhitning zararli ta'sirlariga organizmning 
qarshiligini kuchaytirish omillari hisoblanadi. Chiniqish — bu 
organizmni suv, quyosh va havo ta'sirida sekin-asta moslashtirib 
borish mexanizmidir. 
Zamonaviy axloqiy tarbiyada kosmopolitizn ga moyillik. Hozirgi 
paytda globallashuv jarayoni hayotimizga tez sur'atlar bilan kel-
moqda. Uning ijobiy tomonlari birinchi navbatda turli sohalarda 
315 


(jumladan, iqtisod, siyosat, madaniyat sohalarida) davlatlar va xalq-
lar o'rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishiga 
xizmat kundan-kunga kengayib va rang baranglashib bormoqda. 
Shu bilan birga dunyoda barcha odamlar ham ezgu niyatlar bilan 
ish olib boradi, deyish qiyin. Ba'zilar buzg'unchi kuchlar uchun 
jahonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunda 
«ayni muddao» bo'ldi. Ular zudlik bilan bu qudratli vositani ham 
o'z qabih niyatlari yo'lida ishga solish harakatiga tushdilar. 
Taraqqiyotga tahdidning zamonaviy ko'rinishlaridan biri bu 
«Ommaviy madaniyat» bo'lib, u o'tgan asrning ikkinchi yarmida 
G'arbda «pop kultura» nomi bilan vujudga kelgan. Uning asosiy 
maqsadi insonning ma'naviy yuksalishiga to'sqinlik qilish, mil-
liy madaniyatlar chegarasini buzib, bir xillikni o'rnatishdan ibo-
ratdir. U millat, ma'naviyat, qadriyat kabi tushunchalarni inson 
ongidan butunlay o'chirib tashlab, manqurtga aylangan olomonni 
shakllantiradi. Bugungi kunda «ommaviy madaniyat» G'arb dun-
yosidagi madaniy hayotni izdan chiqarib, oila, nikoh, axloq bilan 
bog'liq qadriyatlarga putur yetkazgan holda butun olamga giyoh-
vandlik, gomoseksualizm, SPID, egoizm, sadizm kabi illatlarni 
tarqatmoqda. Bu kabi illatlarni o'zida mujassam etgan «ommaviy 
madaniyat» globallashuv sharoitidagi axborotning shiddatli oqi-
midan foydalanib, milliy madaniyatlar qiyofasini o'zgartirishga va 
xalqlar turmush tarzini yaqinlashuviga sabab bo'lmoqda. Bir so'z 
bilan aytganda «ommaviy madaniyat» dunyoda bir xillikni shakl-
lantirmoqda. Inson hayotida bir xillik zerikarli va mazmunsiz 
yashashga olib keladi. 
Globallashuvning eng dolzarb bo'lgan madaniyatlararo mu-
nosabatlardagi bu tendensiyalari bizning davrimizda ziddiyat 
ko'rinishini kasb etmoqda. Ana shunday «madaniy qarash»lardan 
biri kosmopolitizm (yun. kosmorolites — dunyo, olam, dunyo 
fuqarosi) bo'lib, bu oqim tarafdorlari yagona dunyo, universa-
lizm g'oyasini ilgari suradilar. «Yagona dunyo erkin fuqarosi»ning 
bu g'oyasi go'yoki har qanday millat va mamlakat manfaatlari-
dan ustun turadi. Ularning qarashlariga ko'ra hech qanday millat 
yoki mamlakat yo'q, hamma bir xil dunyo xalqlaridir. Bu g'oya 
ham «Ommaviy madaniyat»ning ko'rinishlaridan biridir. 
316 


Milliy madaniyatimiz har doim tahdidlarga uchrab kelgan. 
XX asrgacha gegemonlikni istagan bosqinchi kuchlarning qarshi-
ligiga uchrab kelgan bo'lsa, endilikda mafkuraviy qurol birlamchi 
bo'lgan global zamonamizda hudud tanlangan qator muammolar 
tahdid solmoqda. Bu muammolar madaniy chegaralarni buzib, 
milliy birliklarga ba'zan oshkora, ba'zan esa yashirin ravishda 
o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. «Ommaviy madaniyat» 
millat va xalq tanlamaydi. Shu bois ko'p millatli O'zbekiston 
xalqi uning har qanday shakllariga yo'l bermasdan yagona milliy 
mafkura atrofida birlashishi maqsadga muvofiqdir. 

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling