Falsafa asoslari
Takrorlash iichun savollar
Download 1.66 Mb. Pdf ko'rish
|
Falsafa asoslari o\'quv qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- TORTINCHI BOLIM. ESTETIKA: NAFOSAT FALSAFASI 16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari «Estetika» fanining falsafiy mohiyati va u haqidagi qarashlar.
Takrorlash iichun savollar
1. Muomala odobining axloqiy asosi nimada? 2. Ziyolilik va madaniyatlilik tushunchalari o'rtasidagi farqni izohlang. 3. Bugungi kun yoshlarining axloqiy dunyoqarashiga xos qad- riyatlarni tushuntiring. 4. Yoshlar axloqiy tafakkuriga tahdid soluvchi illatlarni ko'rsating. 5. Axloqiy madaniyat kasbiy odobda qanday namoyon bo'ladi? 6. «Ommaviy madaniyat»ning g'ayriaxloqiy ko'rinishlari ha- qida gapiring. 320 TO'RTINCHI BO'LIM. ESTETIKA: NAFOSAT FALSAFASI 16-mavzu. Estetikaning predmeti, maqsadi va vazifalari «Estetika» fanining falsafiy mohiyati va u haqidagi qarashlar. Estetika eng qadimgi falsafiy fanlardan biri bo'lib hisoblanadi. Le- kin faqat XVIII asr o'rtalariga kelib «Estetika» (yunon. aisthetikos — his qilinadigan) atamasini dastlab Germaniyadagi Volf makta- bining faylasufi Aleksandr Gotlib Baumgarten (1714—1762-yillar) 1735-yilda yozgan «Poetik asarga doir ba'zi masalalar xususida falsafiy mulohazalar» nomli asarida ilmiy muomalaga kiritdi va uning san'atda yorqin namoyon bo'Hshini ko'rsatib berdi. Dastlab estetika «San'at falsafasi» va «go'zallik falsafasi» si- fatida talqin etilgan. Chunki, san'at estetikaning obyekti bo'lib, unda estetik xususiyatlar bo'rtib ko'zga tashlanadi. Estetika ba- diiy asarning yaratilish arafasidagi shart-sharoitlardan tortib, to u bunyodga kelib, asl egasi — idrok etuvchiga yetib borgunigacha bo'lgan va undan keyingi jarayonlarni tadqiq etadi hamda ular- dan nazariy xulosalar chiqaradi. Lekin, san'at bu fanning yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda estetika dizayn, atrof- muhitni go'zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammo- lar bilan ham estetika shug'ullanadi. Estetikaning «Go'zallik falsafasi» sifatida talqin etilishining ma'nosi shundaki, u faqat san'atdagi go'zallikni emas, balki in- sondagi, jamiyat va tabiatdagi go'zallikni ham o'rganadi. Chun- ki, estetikaning asosiy tadqiqot obyekti — go'zallik, biroq, san'at ham o'z navbatida estetikaning go'zallik kabi keng qamrovli tad- qiqot obyekti hisoblanadi. Estetika fani vujudga kelgan dastlabki davrda estetik tafakkur tarixi, estetikaning nazariy-metodologik muammolari, san'at, estetik tarbiya kabi masalalarini o'z ichiga qamrab olgan bo'lsa, bugungi kunda uning tadqiqot obyekti ken- gayib bormoqda. Xususan, ekoestetika, ishlab chiqarish esteti- kasi, maishiy turmush estetikasi, dizayn, zamonaviy shaharsozlik estetikasi, tabiat estetikasi va hokazo. Estetika — falsafiy fan sifatida barcha san'atshunoslik fanlari erishgan yutuqlardan umumiy xulosalar chiqarib, shu xulosalar 321 asosida insonni go'zallik orqali haqiqatga yetishtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, estetika ishlab chiqqan qonun-qoidalar barcha san'atshunoslik fanlari uchun umumiylik xususiyatiga ega. Har bir fanning inson va jamiyat hayotida o'ziga xos amaliy aha- miyati bor: estetika ham bundan mustasno emas. Avvalo, u kunda- lik hayotimizda nafosat tarbiyasini to'g'ri yo'lga qo'yish borasida katta ahamiyatga ega. Erkin, demokratik jamiyatimizning har bir a'zosi go'zallikni chuqur his etadigan, uni asraydigan nafis did egalari bo'lishlari lozim. Haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farqlay bilishlari, «ommaviychilik san'ati»ni rad qila olish- lari lozim. Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda, estetika jami- yatning barcha a'zolari uchun muhim ahamiyatga ega. Estetikaning falsafiy mohiyatini uning san'at asariga yon- dashuvida ko'rish mumkin. Ma'lumki, har bir san'atshunoslik ilmi o'z tadqiqot obyektiga uch tomonlama — nazariy, tarixiy, tanqidiy jihatdan yondashadi. Masalan, adabiyotshunoslikni olaylik. Adabiyot nazariyasi faqat adabiyotgagina xos bo'lgan badiiy qonuniyatlarni, badiiy qiyofa yaratish usuli va yositala- rini o'rganadi. Adabiyot tarixi muayyan tarixiy-badiiy jarayon- lar orqali badiiy adabiyotning rivojlanish qonuniyatlarini ochib beradi. Adabiy tanqid esa adabiy-badiiy ijodning zamonaviy ja- rayonlarini tadqiq etadi va har bir yangi asarni baholaydi, asar ijodkorining ijodiy rivojlanishini kuzatib boradi. Musiqada ham, tasviriy san'atda ham va boshqa san'at turlarida ham shunday. Estetikada esa tadqiqot obyektiga yondashuv uch emas, birgina nazariy jihatdan amalga oshiriladi: tarix ham, tanqid ham na- zariyaga bo'ysundiriladi. Estetika fan sifatida ilmiy, ma'rifiy, badiiy taraqqiyotning o'ziga xos muammolari doirasida bahs yuritadi, tahlil qiladi, o'rganadi va o'rgatadi. Estetikaning eng asosiy funksiyalaridan biri dunyo- qarashni shakllantirish bo'lib, ushbu funksiya badiiy ijod bilan shug'ullanuvchilar va ijodiy faoliyat uchun juda zarur. Ayniqsa, ranglar jilosini his qilish, musiqa sehrini anglash, asardan xulosa chiqarish aynan ushbu funksiyaning ta'sirida ro'y beradi. Zero, dunyoqarash ijodkorni boshqaradi, ijod jarayoni rivojiga ko'mak beradi. Estetikaning bilish funksiyasi esa san'at asarini bilish va 322 baholash faoliyati natijalarini, semantik va pragmatik axborotni yetkazib berish, haqiqiy badiiy asar bilan saviyasi past asarni farq- lay bilishlari, «ommaviychilik san'ati»ni rad qila olishda muhim ahamiyatga ega. Yangi ko'rinishdagi iqtisodiyotning estetik asoslariga, tad- birkorlik faoliyatiga estetik tus berishga, bunyodkorlikni namo- yon etishga imkon beradigan funksiya bu yaratuvchanlikdir. Ayniqsa, go'zal qadriyatlarni dunyoga tanitish, xalqning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlarni yaratish orqali insonni ma'naviy jihatdan yuksaltirishga xiz- mat qiladi. Estetikaning eng muhim funksiyalaridan yana biri, metodologik funksiya bo'lib, ushbu funksiya badiiy asarda aks ettirilgan voqea-hodisaning mohiyatini o'quvchiga to'laqonli yetkazish imkonini beradi, asarni bilish va uni xuddi hayot- dagidek idrok qilinishini osonlashtiradi. Bundan tashqari, bu funksiya estetik masofani taqozo etadi: masofa tufayli badiiy reallik idrok etiladi. Estetika fani o'z maqsadi va vazifalarini uyg'unlik, yaxlitlik, ifodalilik va maqsadga muvofiqlik tamoyillari orqali amalga oshi- radi. Ushbu tamoyillar orasida estetik munosabatlarda ko'proq ko'zga tashlanadigan uyg'unlik va maqsadga muvofiqlikning mo- hiyati haqida quyidagi fikrlarni aytish mumkin. Odatda, fanga tegishli qonunlar hodisalarning hamma xu- susiyatlarini emas, balki hodisalardagi umumiylikni aks ettiradi va undagi mustahkam barqarorlikni ifodalaydi. Biroq, hodisa- lar ayni bir vaqtda bir-biriga o'xshaydi va bir-biridan farq qiladi. Xususan, voqelikni estetik o'zlashtirishning oliy shakli bo'lgan san'atga umumiy va xususiy qonunlar tegishli bo'lib, ularga ba- diiy ijod jarayoni ham, san'atning ijtimoiy olami ham taa'luqlidir. Ular san'atning antropologik, genetik va gnoseologik mazmunini ochib berishga xizmat qiladi. Shunga asosan «Estetik faoliyat qo- nuni», «Badiiy ijod qonuni», «Badiiy jarayon qonuni», «Badiiy idrok qonuni», «Estetik idrok qonuni» kabi qonuniyatlar tizimi shakllangan. Ushbu qonunlar olamni estetik o'zlashtirish jarayonining mo- hiyatini izohlaydi va quyidagi natijalarga olib keladi: 323 1) voqelikning estetik xususiyatlari inson tomonidan olam hodisalarini tasavvur qilish, anglash hamda tajribaga tayan- gan holda insoniyat oldiga qadriyatlarni o'rganishni vazifa qilib qo'yadi; 2) estetik faoliyat predmetlar olami va insoniy idealni botiniy tuyg'ular asosida o'zlashtirish natijasida yuzaga keladi, u umum- insoniy qadriyatlarga oqilona munosabatni shakllantiradi hamda erkin ijodkorlik muhitini yaratishga ko'mak beradi. Estetika fanida ko'p amal qiladigan qonunlardan yana biri «Badiiy ijod qonuni» hisoblanadi. Badiiy ijod jarayoni boshqa barcha aqliy mehnat turlaridan katta farq qiladigan mehnat turi bo'lib, unda mehnat qandaydir sirli ruh bilan amalga oshadi, deydi. Chunonchi, badiiy ijod jarayonining ibtidosi san'atkorning muayyan g'oyani yoki g'oyalar tizimini badi- iyat orqali boshqalarga yetkazish istagi bilan bog'liq bo'lib, bu g'oyaviy niyatda aks etadi. G'oyaviy niyat ko'zga ilg'amaydigan darajada nozik va ko'z ilg'amaydigan darajada miqyoslikka ega. Chunki g'oyaviy niyat o'z nomi bilan g'oyaga taalluqli, u ijod- korning dunyoqarashining mevasi, butun asarning poydevori. U badiiy asarning mavzui, shakli, mazmuni, «till», badiiy vositalari qanday bo'lishi kerakligini belgilab berish uchun ular bilan «kurash olib boradi». Ba'zan ularni o'ziga bo'ysundiradi, ba'zan esa ularga biroz yon berib, ma'lum nuqtalarda o'zgaradi, «sharoitga moslashadi». G'oyaviy niyatni shu bois hech qachon to'liq amalga oshgan estetik hodisa sifatida tasavvur qilish mumkin emas. Yuqoridagi fikrlarga asoslangan holda «Badiiy ijod qonuni»ning asosiy kamponenti hisoblangan «ijod»ni inson taraqqiyoti uchun ahamiyatini quyidagicha izohlash mumkin. Ya'ni ijod: a) muay- yan badiiy uslub yordamida shaxs va jamiyatning madaniyati- ni yuksaltiradi; b) obrazli tafakkur yordamida badiiy olamning asl va betakror mohiyatini anglash imkonini beradi; d) olam go'zalligidan zavqlanish, iztiroblardan forig' bo'lish va yara- tuvchanlikka rag'batni paydo qiladi. Estetikaning qonuniyatlari narsa-hodisalar va voqelikdagi ja- rayonlarning estetik mazmunini turli rakursda o'rgansa-da, este- 324 tika uchun umumiy bo lgan metaqonun — «Insonning voqelikka estetik munosabati qonuni»ga amal qiladi. Bu qonun yordamida estetika o'z tadqiqot obyektining predmetini konkretlashtiradi, funksiyalarini belgilaydi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling